23.02.2025
Bloger Sevisha turmushga chiqdi, kuyov kim?


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Sevisha taxallusi bilan bloger Sevara Mansurova 21-fevral kuni turmushga chiqdi.
Sevishaning turmush o‘rtog‘i 2-fevral kuni BAAning Dubay shahrida uning qo‘lini so‘ragan. “Million marta, ha!” deb yozib qoldirgandi o‘shanda bloger.
Fotiha to‘yi esa 5-fevral kuni bo‘lib o‘tgan. Taklifnomalarda A&S nomi tushirilgan. Bundan kelib chiqadiki, kuyovning ismi A harfidan boshlanadi.
Nikoh to‘yi 21-fevral kuni Toshkentdagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tgan. Unda o‘zbek shou-biznesining bir qator yorqin yulduzlari qatnashgan.