наушники со скидкой (верхний)
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Oʻzbekistonni chiqindisiz joyga aylantirish mumkin”. Piyodachi bilan katta suhbat
05.12.2024 (yangilandi 05.12.2024)

“Oʻzbekistonni chiqindisiz joyga aylantirish mumkin”. Piyodachi bilan katta suhbat

“Oʻzbekistonni chiqindisiz joyga aylantirish mumkin”. Piyodachi bilan katta suhbat

Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston mediabozorida ham ekoblogerlar faoliyati rivojlanmoqda. Bugungi maqolada Piyodachi nomi ostida ijod qiluvchi taniqli bloger Javohir bilan ekologik muammolar va ularning yechimlari haqida suhbatlashdik.

image

Yangi yilga eng yaxshi sovg‘ani topdik. BU NIMA?

icon

Hammasi nimadan boshlandi: ekoblogerlik faoliyatingizga nazar

2022-yilda Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi boʻlganman. Men hech qachon ekologik muammolarga befarq boʻlmaganman. Doim jamiyatga foydasi tegadigan kontent qilish haqida oʻylardim.

2024-yil aprel oyida “Piyodachi” loyihasini suratga ola boshladim. Ketma-ket bir nechta videolarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilganman. Bundan koʻzlangan maqsad auditoriya nigohini dolzabr ekomuammolarga qaratishdan iborat boʻlgan.

Oʻtkazayotgan eksperimentlaringiz orqali qanday natijalarga erishmoqchisiz?

Koʻchalarni tozalash bilan bogʻliq videolardan tashqari turli tajribalar ham oʻtkazib turaman. Bu eksperimentlar nega kerak, degan savolga javob beradigan boʻlsam, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar juda katta kuch. U orqali insonlar dunyoqarashini oʻzgartirish mumkin.

Shu sababli auditoriyaga qiziqarli maʼlumotlar berish asnosida turli tajribalar oʻtkazishga ham qaror qilganman. Masalan, videolarimdan biri Xalqlar doʻstligi maydonida suratga olingan. Unda odamlarning hammasi ham chiqindiga befarq emasligi, koʻpchilik koʻchada yotgan chiqindilarni oʻziniki boʻlmasada, chiqindi idishiga tashlashini koʻrsatib berganman.

Atrof-muhitni tozalash jarayonida duch keladigan eng katta qiyinchiliklar nimalardan iborat?

Bu borada meni eng koʻp qiynaydigan muammo tasvirga olish jarayonimda atrofdagi odamlarning befarqligidir. Ikkinchidan, obunachilarim yoki jamoam bilan tozalangan hududni bir necha kundan soʻng yana iflos holatda koʻramiz. Bu esa koʻngilni xira qilib, qattiq taʼsir oʻtkazadi.

Toʻgʻri, ozodalik madaniyati bir deganda shakllanib qolmaydi. Bunday narsalar haqida koʻp gapirilsa, eshittirilsa, odamlarning ongostiga oʻrnashib qoladi. Bunga 5-10 yil yoki undan koʻproq vaqt ketar, ammo belgilangan muddat kelganda, odamlarimiz ekologik muammolar qanchalik dolzarbligi va kelajak uchun muhimligini anglab yetadi.

Oʻz tajribangizga asoslanib, ekologik loyihalar qaysi hududlarda samarali boʻlishini ayta olasizmi?

Ayni paytda Toshkent shahrida istiqomat qilib, tahsil olayotganim bois videolarimning asosiy qismi poytaxtda suratga olinmoqda. Biroq yaqin kelajakda butun Oʻzbekiston boʻylab kontentlar yaratish va obodonchilik ishlariga keng ommani jalb qilishni reja qilganman.

Faoliyatim davomida Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida tajribalar oʻtkazib, videolar suratga olganman. Yuqorida taʼkidlaganimdek, qisqa vaqtdan soʻng Oʻzbekistonning barcha hududlarida koʻpchilik bilan hashar yoʻli yordamida oʻz ishimni davom ettirishni xohlayman.

Shaxsiy tajriba: men bir oʻzimman, shu sabab butun dunyoni toza qilolmayman, deydiganlarga qanday maslahat berasiz?

Toʻgʻrisi, boshida men ham bir oʻzim edim. Jamoam ham, qoʻllab-quvvatlaydigan insonlar ham boʻlmagan. Suratga olish jarayonlariga ham oʻzim chiqardim. Qaysidir muddatga yetgach, chin dildan yordam berishni istaydigan odamlar atrofimda yigʻildi.

Oʻsha vaqtda bir narsani tushunib yetdim: u xoh ekofaol boʻlsin, xoh oddiy odam buning farqi yoʻq. Chin qalbdan xohlasa, istalgan odam yurtimiz obodligi uchun oʻz hissasini qoʻsha oladi. Menga ergashadigan insonlarga yana boshqalar ergashadi va shu orqali jamiyat bitta gʻoya ostida birlashadi.

Ha, butun Oʻzbekistonni chiqindisiz joyga aylantiramiz, viloyatlararo kontentlar suratga olib, hasharlar oʻtkazamiz deyishim erish tuyilishi mumkin. Ammo ishonamanki, meni doimiy kuzatadiganlar qoʻllab-quvvatlaydi va biz xohlagan maqsadimiz tomon qoʻrqmasdan qadam tashlashda davom etamiz.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Yangi Shop Tashkent

map-pin

Малика, магазин 6а

Sotuvchi
phone

+998901777516

telegram-logo

@yangishoptashkent

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.