Bloger Timur Alixonov ota bo‘lishga tayyor ekanini aytdi


O‘zbekistonlik mashhur bloger Timur Alixonov yaqin orada ota bo‘lishi haqidagi hissiyotlari bilan obunachilariga bo‘lishdi.
Muxlislardan birining siz papa bo‘lishga tayyormisiz, degan savoliga javoban, Temur ishonch bilan hayotining ushbu muhim bosqichiga tayyorligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, u uchun tug‘ilajak bolaning jinsi muhim emas — u qizmi yoki o‘g‘ilmi, farzandlari uchun eng yaxshi ota bo‘lish niyatida.
Bloger, shuningdek, munosib ota-ona bo‘lish va farzandlariga borini berish uchun doimiy ravishda o‘z ustida ishlayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Timur Alixonov va uning sevgilisi, bloger Farida Marimova 2024-yil 27-oktyabrda turmush qurgandi. Ularning nikoh to‘yi poytaxtdagi eng nufuzli restoranlardan birida bo‘lib o‘tdi.
Yosh oila to‘ng‘ich farzand kutayotgani haqidagi quvonchli xabar joriy yilning 28-aprel kuni tarqaldi.