30.07.2024
Xorijiy internet-kompaniyalar yarim yilda 48,4 mlrd soʻm soliq toʻladi
Muallif
Mahkamov Humoyun
Koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar koʻp. Toʻlangan soliqlarning 95,1 foizi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 60 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-iyun oylarida 44,8 mlrd soʻm soliq toʻlangan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar koʻp. Toʻlangan soliqlarning 95,1 foizi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi.
- Meta- 18,4 milliard soʻm;
- Google - 12,9 milliard soʻm;
- Apple - 9,8 milliard soʻm;
- Vooking.som - 1,1 milliard soʻm;
- Amazon - 949,2 million soʻm;
- Zoom - 696,6 million soʻm;
- Netflix - 666 million soʻm
- Acca - 652,1 million soʻm;
- Xsolla - 449,3 million soʻm;
- Adobe - 301,3 million soʻm.
Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari oʻtgan chorakdan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni toʻlaydi.