Bloger Yunka ukasiga noutbuk va “Alisa” sovg‘a qildi
Mashhur bloger va xonanda Yunka ukasining tug‘ilgan kunini unutilmas sovg‘alar bilan nishonladi. U ukasiga noutbuk hamda aqlli “Alisa” kolonkasini sovg‘a qilib, bu lahzalarni Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi. Videoda blogerning samimiy munosabati va ukasining quvonchi aks etgan.
Rolikda ukasi dastlab faqat aqlli kolonka so‘ragani, biroq keyin sevimli o‘yini “Brawl Stars”ni o‘ynash uchun noutbuk kerakligini aytib o‘tadi. Chunki uning plansheti tez-tez osilib qoladi. Ushbu hazilomuz suhbat jarayoni muxlislarda ijobiy taassurot qoldirgan.
Yunka ukasining ikkala istagini ham bajarganini aytib, unga noutbuk va “Alisa”ni birgalikda topshirdi. Ukasi sovg‘alarni hayajon bilan qabul qilib, akasiga minnatdorchilik bildirdi.
Blogerning ushbu videolavhasi ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqaldi. Foydalanuvchilar Yunka’ning ukasiga bo‘lgan mehrini va oilaviy samimiyatni yuqori baholab, “bunday mehrli opa yoki aka hammaning orzusi” degan izohlar qoldirishdi.