РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 20–22-yanvar kunlari harorat +12 daraja boʻladi
18.01.2025 (yangilandi 18.01.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 20–22-yanvar kunlari harorat +12 daraja boʻladi

Ob-havo maʼlumoti: 20–22-yanvar kunlari harorat +12 daraja boʻladi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 20-21-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin, 22-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 20-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 21-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 22-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 20-yanvarda 7-12° iliq, 21-yanvarda 3-8° iliq, 22-yanvarda 0-5° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-22-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 20-yanvarda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 7-12° iliq , 21-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 22-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 20-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 21-22-yanvar baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 20-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq , 21-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 22-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 20-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 21-22-yanvar baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22-yanvar baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 20 va 22-yanvarda 3-8° iliq, 21-yanvarda 3-8° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-22-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 20-yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 21-yanvar kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 22-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.