РУ
O’Z
UZS
/
/
Bolalar va kattalar uchun 2023-2024-yilgi eng yaxshi multfilmlar
07.07.2024

Bolalar va kattalar uchun 2023-2024-yilgi eng yaxshi multfilmlar

Bolalar va kattalar uchun 2023-2024-yilgi eng yaxshi multfilmlar

Oila bilan tomosha qilishga arziydigan 2023 va 2024-yillardagi multfilmlar to‘plamini jamladik. Esingizda bo‘lsin: asosiy narsani ko‘z bilan ko‘rolmaysan, ma’nolar satrlarda yashiringan!

 

Agar kechqurun nima tomosha qilishni bilmasangiz, unda bizda har qanday kayfiyat va haftaning har kuniga mos keladigan janr mavjud — bu multfilmlar. Ha, Animatsiya faqat bolalar uchun emas, balki kattalar uchun ham suratga olinadi: chuqur mavzular va xarakterli personajlar bunga ishora qiladi.

Kung Fu Panda 4

“Kung Fu Panda”ning yangi qismida buyuk jangchi Poning maqomi unga o‘z shogirdini topish, jang maydonini tark etish va o‘qituvchi bo‘lishni talab qiladi. Ammo u hali charchamagan, shuning uchun hozircha “suhbat” o‘tkazmaydi. Bu orada Xitoyda turli xil mavjudotlarning qiyofasiga osonlik bilan o‘tuvchi yovuz Xameleon faoliyatini boshlaydi va Nefrit saroyiga hujum bo’ladi. Shunda Panda Po o‘z vazifasidan chekinish vaqti kelganini anglaydi, ammo u jangchi sifatida o‘zining so‘nggi jangiga otlanadi.

Trollar 3

Multfilmning yangi qismida Rozachka sevgilisi Svetanning “Bratani” pop-guruhining a’zosi bo‘lganligini bilib oladi. Bolalardan iborat bu boyz-bend mashhurlik sinoviga dosh berolmay, tarqalib ketgan va aka-ukalar o‘zaro kelishmovchilikka tushib qolgan. Endi esa Svetan yaqinlaridan birini o‘g‘irlashganini bilib qoladi. Shunda sevishganlar oila bilan qayta birlashish va musiqa sehridan foydalanib, birodarni qutqarish uchun sayohatga otlanadi.

Migratsiya

Kryakvning etalon oilasida anglashilmovchilik boshlandi: Makning otasi Yangi Angliyadagi hovuzdan ketishni xohlamayotgan bir paytda, Pemning onasi bolalariga dunyoni ko‘rsatmoqchi. Muhojir o‘rdaklar oilasi ularning hovuzlariga qo‘nib, o‘zlarining haqida hikoya qilgandan so‘ng, Pem erini oilasi bilan katta sayohatga chiqishga ko‘ndiradi. Biroq uning rejasi amalga oshadimi?

Karlning uchrashuvi (qisqa metrajli film)

Yoki Pixar tomonidan yaratilgan “Up” (Tepaga) multfilmining davomi bo‘lib, u Elementarno filmidan oldin kinoteatrlarda namoyish etildi. Bu qisqa metrajli film bo'lishiga qaramay, tomoshabinlar sevimli qahramonlarni — bobo Karl va uning iti Dagni ko'rishdan mamnun bo‘ldi. Qisqa metrajli filmda Karl do‘sti bilan uchrashuvga noiloj rozi bo‘ladi va maftunkorlik san’atini butunlay unutganini tan oladi. Shunda iti unga “ishonchli” va sinovdan o‘tgan maslahatlar beradi.

Tovuqxonadan qochish 2

Netflix mashhur multfilmining davomini suratga oldi. Bunda ham o‘sha plastilindan yasalgan tovuqlar bor, lekin ular ancha baxtiyorroq (zolim fermerdan qochib qutulish multfilmning orginalida mavjud). Yillar o‘tdi, tovuqlar orolda o‘zlarining “jannati”ga asos soldi, ularni o‘tmish bilan bog‘lab turgan narsa — oziq-ovqat yetkazib beruvchi kalamushlar edi. Agar tovuqlardan birining qizi isyon ko‘tarib, “katta yer”ga qochishga qaror qilmaganida, hammasi yaxshi bo‘lardi. Sababi u yerda tovuqlar naggetsga aylantiriladi…

Uch qahramon va Yerning kindigi

“Uch qahramon” franchayzingining 12-filmida Zmey Gorinich “Yerning kindigi” vaqt portali orqali bu davrga kelib qolgan qadimiy dinozavr bolasini topadi. Shunda Zmey bolaning yurtiga qaytarish uchun ezgu ish qilishga qaror qiladi, ot Yuliy esa portal orqali boyib ketish rejasini tuzadi. Natijada, Yuliy, Alyosha va knyaz o’tmishga tushib qoladi, qolgan qahramonlar esa ularga yordam berishga shoshiladi.

Super Mariolar

Bu multfilm tarixdagi eng muvaffaqiyatli video o‘yinning ekranlashtirilgan shakli va bu bejiz emas. Super Mariolar nafaqat bolalarni, balki o‘yinlarda o‘sgan va sevimli qahramonlari bilan uchrashishdan xursand bo‘lgan milleniallarni ham hayratga soldi. Bolalik sog‘inchi klassik syujet kabi ish berdi: ikki aka-uka, vodoprovodchilar Luiji va Mario, yer osti shahriga portal ochib, undan malika Pichni ozod qilishlari va dushman, ya’ni Bauzer bilan kurashishlari kerak.

Elementarno

Pixar tomonidan yaratilgan romkom yoki animatsion melodrama qarama-qarshiliklar bir-birini tortishini va ikki tabiiy kuchning romani murakkab, lekin imkoni borligini ko‘rsatadi. Syujet “olovli” Ember va “suvli” Ueydning do‘stligi Element-siti shahrining barcha qonunlariga qarshi chiqqani atrofida qurilgan. U chiroyli vizualizatsiya, Romeo va Juletta uslubidagi sentimental ssenariy va kadr ortidagi ovozning chuqur, hayotiy kuzatuvlari bilan bezatilgan.

Boshqotirma 2

2024-yilning eng kutilgan premyerasidan biri — Rayli ismli qiz va uning boy odam ichki dunyosi haqidagi multfilm davomi. Ammo bosh qahramon endi kichkintoy emas va uning his-tuyg‘ular jamoasiga yangi o‘yinchi — Tashvish qo‘shiladi. 

Aftidan, o‘smir tajribali psixoterapevt yordamisiz yashay olmaydi, aks holda uchinchi qismda uni Uyqusizlik, Yonish va Depressiya boshqaradi. “Boshqotirma 2” filmining jahon premyerasi 14-iyun kuni bo‘lib o‘tdi.

Jirkanch kamina 4

Mazkur multfilm “Boshqotirma 2” bilan raqobatlasha boladi! Multiplikatsiyaning yangi qismi nafaqat qotib qolgan Gryu oilasini ko‘rsatadi, balki neyron tarmog‘ining sirini ham ochib beradi. Ma’lum bo‘lishicha, shuncha yil davomida uni yaratish ustida minonlar ishlagan ekan! Mazkur yangilikdan so‘ng, oila yangi voqealarga duch keladi, Gryuning yangi xavfli dushmanlari ham oydinlikka chiqadi. “Jirkanch kamina 4” multfilmining premyerasi 20-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.