1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganlikda aybdor deb topildi
12.07.2025

Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganlikda aybdor deb topildi

Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganlikda aybdor deb topildi

Mashhur xonanda Botir Qodirov shoir Shamsiddin Sadoiy (To‘rayev)ning mualliflik huquqlarini buzganlikda ayblanib, unga jami 132 million so‘mdan ortiq tovon puli va ma’naviy zarar to‘lashi belgilandi. Bu haqda “Adliya yangiliklari” Telegram kanalida ma’lumot berildi.

2025-yil iyun oyida shoir Shamsiddin To‘rayev fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan. Unda mualliflik huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar va kompensatsiya undirish so‘ralgan.

Sud ishini ko‘rib chiqqanidan so‘ng, hal qiluv qaroriga muvofiq, Botir Qodirovdan shoir foydasiga BHMning 300 barobari — 112 million 500 ming so‘m miqdorida tovon puli, shuningdek, 20 million so‘mlik ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.

Bundan tashqari, xonandaga Shamsiddin To‘rayev qalamiga mansub “Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla do‘stim” qo‘shiqlaridan foydalanishni darhol to‘xtatish majburiyati yuklatildi.

Mazkur qo‘shiqlarni efirga uzatish, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish, teleradiokanallar va har qanday boshqa platformalarda ulardan foydalanish qat’iy man etildi.

Sud qarori ijrosi bilan, mualliflik huquqlari sohasidagi qonunbuzarliklarga nisbatan keskin choralar ko‘rilayotgani yana bir bor tasdiqlandi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.