1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda yangi haftada qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi
12.07.2025 (yangilandi 12.07.2025)

O‘zbekistonda yangi haftada qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda yangi haftada qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

“O‘zgidromet” 13–20-iyul kunlari respublika hududlari bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilishi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-16 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 13-16 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39°; 17 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 36-41°; 18-20 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-16 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-17 iyulda 22-27°, 18-20 iyulda 25-30°, kunduzi 13-15 iyulda 35-40°, 16 iyulda 37-42°; 17-20 iyulda 39-44° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-16 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 13-16 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39°, 17-20 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-16 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 13 iyulda 34-39°, 14 iyulda 35-40°, 15-16 iyulda 37-42°, 17-20 iyulda 39-44° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 16 iyulda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 13-16 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°; 17 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40°; 18-20 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 14-16 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-16 iyulda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32°, 17-20 iyulda kechasi 16-21°, kunduzi 29-34° bo‘ladi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.