РУ
O’Z
UZS
/
/
Bu to‘y liboslari millionlab dollarga baholangan. Ular qanday ko‘rinishga ega?
28.07.2024

Bu to‘y liboslari millionlab dollarga baholangan. Ular qanday ko‘rinishga ega?

Bu to‘y liboslari millionlab dollarga baholangan. Ular qanday ko‘rinishga ega?

2024-yilning asosiy toʻyidan ilhomlanib, dunyodagi eng qimmat to‘y liboslari tanlovini tuzdik. Ularga millionlab dollar, minglab qimmatbaho toshlar va yuzlab ish soatlari (va ko‘z yoshlari) sarflangan.

14-iyulda 2024-yilning eng qimmat to‘yi bo‘lib o‘tdi – Hindistonning eng badavlat odami Mukesh Ambanining o‘g‘li uylandi. Ananta Ambani va Radhika Merchantning (farmatsevtika kompaniyasining merosxo‘ri) to‘yini sevgi mo‘jizasi, pul bayrami va hatto vabo paytidagi ziyofat deb nomlashmoqda. 

Ayrimlar hashamatli bayram, mehmonlar va yulduzlar safini, shuningdek, Ambanining mag‘rur otasi to‘yga sarflagan mablag‘ini muhokama qilayotgan bo‘lsa, boshqalar kelinning liboslariga qarab, Radhika Merchantning asosiy to‘y libosini narxiga qiziqardi.

To‘ydan bir necha oy oldingi tantanalarda 2024-yil yoz faslining eng ko‘p muhokama qilingan kelini ko‘p liboslarni o‘zgartirdi. Ammo asosiy libosi “Abu Jani Sandeep Khosla” brendining to‘y libosi bo‘ldi. 

Badavlat sohibjamolni ushbu libosni kiyishiga stilist Rei Kapur undagan. Radhika Merchantning to‘y libosi Gujarati an’anasi bo‘yicha kelinlar kiyadigan oq va qizil libosi — “Panetar”ning talqini hisoblanadi. Fil suyagi rangli zardozi libosi ko‘p qatlamli milliy hind kostyumi – gagra va olinadigan shleyf, 5 metrli xarir mato va yelkalarida dupatta (sharf) dan iborat edi. Garchi kiyimning narxi hali ma’lum qilinmagan bo‘lsa-da, moda mutaxassislari uni bir necha million dollarga baholagan. 

Shu tarzda, Radhika Merchant barcha mashhur go‘zallardan o’zib ketdi va tarixdagi eng qimmat garderobli kelin bo‘ldi. Axir qizning kamida 10 ta kiyimi bor, boshqalarda esa atigi bitta. Biz faqat boylar va mashhurlargina sotib olishga qodir bo‘lgan dunyodagi eng qimmat to‘y liboslarining TOP ro‘yxatini jamladik. 

Serena Uilyams – 3,5 million dollar 

Dunyodagi eng mashhur tennischilardan biri nafaqat kortda g‘alaba qozonishga odatlangan. Uning dizayner Sara Byorton tomonidan yaratilgan “Alexandr McQueen” brend to‘y libosi bunga dalildir. Ko‘p qavatli bashang yubka, yurak shaklidagi korset, yelkalarda kaskadli nakidka va uzun fata. Kiyim Uilyamsning hamyoni va yuragi uchun shunchalik qimmat ediki, sportchi qiz bu libosini bayramning oxirigacha yechmadi.

Priyanka Chopra – 2 million dollar 

Hindistonlik aktrisa va model Priyanka Chopra to‘y paytida ko‘plab: an’anaviydan norasmiygacha liboslarni almashrtirdi. Ammo eng esda qolarli va qimmat to‘y libosi – 15 nafar tikuvchilar (1826 soat!) tomonidan yaratilgan “Raph Lauren” brendining libosi edi. Mayda munchoqli naqshlar, 11 ming ta “Swarovski” kristallari va taxminan 2,5 millionga yaqin tangachalar ko’rinishidagi bezaklar. Libosning o‘ziga xos tomoni esa, turmush o‘rtog‘i Nik Jonas va ota-onasining ismlari, shuningdek, to‘y sanasining naqshlar bilan bezalgan yozuvi bo‘ldi. 

Viktoriya Svarovski – 1 million dollar 

Taqinchoqlar imperiyasi “Swarovski” merosxo‘ri uchun filippinlik moda dizayneri Maykl Sinko tomonidan yaratilgan libosi moda tanqidchilari tomonidan 1 million dollarga baholandi. Bu ajablanarli emas – axir u kelinni yorug‘lik gardishi bilan o‘rab turadigan, butun libosni bezatib turgan 500,000 ta kristallar (og‘irligi 100 funt) bilan bezatilgan. Albatta, aksessuarlar – masalan, 26 metrli to‘r hoshiyali fata ham olqishga loyiq. 

Kim Kardashyan – 500 ming dollar 

Kardashyan ham albatta, dunyodagi eng qimmat to‘y libosini kiygan kelinlar ro‘yxatida bo‘lishi kerak edi. Kim 2014-yilda Kanye Vest bilan to‘yi uchun “Givenchy”ning 500 ming dollarlik libosini tanladi. Uzun yengli va qo‘lda tikilgan to‘rli suv parisi shaklidagi ko‘ylak shunchalik rasmiy ko‘rinishga ega va Kardashyan uslubida emas ediki, Kim tezda fikrini o‘zgartirib, restoranning o‘zidayoq Oliver Rusten tomonidan yaratilgan “Balmain” brendining mini ko‘ylagiga o‘zgartirdi.

Salma Xayek – 434 ming dollar 

Gollivud aktrisasi milliarder va “Kering” bosh direktori Fransua Anri Pinoga “Balenciaga” brendining to‘y libosida turmushga chiqdi. Ko‘ylakning oldi V shaklida ochilgan bo‘lib, pastki qismi tor maksi-yubkadan iborat edi. Ushbu qimmatbaho libosni Nikolya Jeskyerning o‘zi shaxsan yaratgan, shuning uchun ham bu libos shunday misli ko‘rilmagan narxga ega edi. 

Keyt Middleton – 434 ming dollar 

Buyuk Britaniyaning bo‘lajak qiroli rafiqasi Uels malikasi “Alexander McQueen” brendining to‘y libosi bilan hammani hayratda qoldirdi. Bu esa shunchaki hazil emas, axir odamlar hanuzgacha bu libos haqida gap-so‘z qiladi. To‘rli qo‘shimchalar, sakkiz futli shleyf va aristokratik bichim. Klassik uslubning muxlislari bu libos bichimidan aqldan ozishdi. Middletonning to‘y libosi kelinlar uchun ilhom manbai, yildan yilga dunyo tikuvchilari uchun esa asosiy namunaga aylangan. 

Kyara Ferranyi – 420 ming dollar 

Italiyalik moda blogeri va Instagram yulduzining to‘y libosi “Dior” atelyerida tikilgan. To‘g‘rirog‘i, ular ikkita edi va ikkalasini ham afsonaviy Mariya Graziya Kyuri (olti oy davomida) ishlab chiqdi. Kyara tyul yubkali to‘rli libosini asosiy marosimga, ammo qaymoq rangli, korsetli, yurakchalar, sherlar rasmi va erining o‘zi yozgan qo‘shiqlarining so‘zlari yozilgan libosini esa ko‘ngilochar parkdagi kechki bazmda kiygan. Uning liboslari juda original ko‘rinishga ega edi. 

Amal Kluni – 380 ming dollar 

Aktyor Jorj Kluni ham Italiyada bo‘lib o‘tgan bazm uchun, ham turmush o‘rtog‘i Amalning to‘y libosi uchun umuman xarajatni ayamadi. Advokat o‘zining “ha” javobini “Oskar de la Renta” libosida izhor qilgan. Qiziqarli fakt: Klunining to‘y libosi mashhur dizaynerning so‘nggi ishi edi va shuning uchun eng mashhur liboslardan biri bo‘ldi. U hatto Parijdagi “Nafis san’at muzeyi”da namoyish etilgan va mutaxassislar uni qimmatbaho libos deb atagan. 

Ketrin Zeta-Jons – 140 ming dollar 

Gollivuddagi eng chiroyli aktrisalardan biri va Netflix’ning “Wendesday” serialidagi Yensdeyning (Martisha Addams) onasi 90-yillarning oxirida turmushga chiqqan. Uning to‘y libosi o‘sha davr uchun juda yuqori narxli ko‘ylaklardan biri bo‘lgan. Uning libosi tafta, tosh va olmoslarsiz juda oddiy va sodda ko‘rinishdagi to‘y libosi edi. so‘ngra kiyimining narxi haddan tashqari ko‘rindi. Ammo bu ko‘ylak tinch hashamatli trendning asoschisi deb atash mumkin bo‘lgan “Christian Lacroix” moda uyi tomonidan tayyorlangani, uning qanchalik hashamatli ekanini ko‘rsatadi. 

Malika Diana – 115 ming dollar 

Ledy Dining ko‘ylagini ham Britaniyada bir namuna deb atash mumkin, axir uni hanuzgacha har to‘y mavsumida ko‘rish mumkin. Diananing to‘y libosini bir juft dizayner – Devid va Elizabet Emmanuel yaratgan. Ipak va taftali ko‘plab qavatlardan yaratilgan hamda 25 futlik shleyf va 10 mingta marvarid bilan bezatilgan bu ko‘ylak dunyodagi eng qimmat shirinlikka o‘xshardi. Bularning barchasini Vinsdorlar taqinchoqlar qutisidan olingan, malika boshidagi tiara o‘ziga xos ko‘rinish bilan to‘ldirib turardi. 

Viktoriya Bekxem – 100 ming dollar 

“Spice Girls”ning sobiq bosh qo‘shiqchisi, hozirda esa AQShning eng mashhur dizaynerlaridan biri va Devid Bekxemning turmush o‘rtog‘ining to‘y libosi ham qimmatga tushgandi. Viktoriya barcha amerikalik kelinlarning orzusini amalga oshirdi va “Vera Wang” brendining libosida turmushga chiqdi. Ushbu modelda original teksturali korset, 20 funtlik shleyf bo‘lib, uning rangi och pushti oltin rangda edi.