РУ
O’Z
UZS
/
/
Dubay-2025: qayerda yashash, nimalarni tomosha qilish va qanday qilib tejash mumkin
26.02.2025 (yangilandi 10.03.2025)

Dubay-2025: qayerda yashash, nimalarni tomosha qilish va qanday qilib tejash mumkin

Dubay-2025: qayerda yashash, nimalarni tomosha qilish va qanday qilib tejash mumkin

Agar siz 2025-yilda Dubayga bormoqchi bo‘lsangiz, demak bu maqola aynan siz uchun. Amirliklarda bo‘lganingiz yoki u yerga birinchi marta borayotganingiz muhim emas. Ushbu matnni o‘qigan holda hordig‘ingizni yanada qulay va sermazmun qilishingizga ishonchimiz komil.

Qayerda yashasa bo‘ladi. Hamyonbop hordiq uchun maqbul mehmonxonalar

Avvalroq FUN&SUN sayyohlik agentligining O‘zbekistonda mijozlar bilan ishlash bo‘yicha asosiy menejeri toping.uz uchun Dubayda dam olishga eng yaxshi, arzon mehmonxonalar ro‘yxatini tuzgan edi. Ushbu mehmonxonalarning barchasi Dubayning strategik jihatdan qulay hududlarida joylashgan - demak, siz shaharning asosiy diqqatga sazovor joylari va ishbilarmonlik markazlariga oson yetib bora olasiz.

  • Rose Park Hotel Al Barsha. Al-Barsha tumanidagi to‘rt yulduzli mehmonxona, Mashriq metro bekatigacha 60 metr. Mall of the Emiratesgacha taxminan 1 kilometr. Qulay xonalar, basseyn.
  • Mena Plaza Hotel Al Barsha. Al-Barsha tumanida, Mall of the Emiratesdan piyoda yurish masofasida joylashgan. Shinam xonalar, ochiq basseyn, fitnes markazi.
  • MD Hotel by Gewan.  Al-Barsha shahrida, Sharaf DG metro bekati yaqinida joylashgan - bu orqali siz Dubayning boshqa hududlariga osongina yetib borasiz. Zamonaviy xonalar, fitnes markazi, basseyn.
  • Media Rotana. Barsha Heights hududidagi besh yulduzli mehmonxona. Hashamatli xonalar, beshta restoran va barlar. U Dubai Internet City va Dubai Media City biznes markazlariga yaqin joylashgan.
  • Mercure Dubai Barsha Heights. Barsha Heights tumanida, Dubai Internet City metro bekati yaqinida joylashgan. Keng xonalar va oshxonali xonadonlar - uzoq muddat yashash uchun mos keladi.

Bu mehmonxonalarning har biri haqida batafsil ma’lumot olish uchun bu yerdagi havolani bosing.

Toshkentdan Dubayga sayohatlar uchun 15% chegirma oling.

FUN&SUN agentligida O‘zbekistonda turlar

MD Hotel By Gewan mehmonxonasi

Qayerda yashasa bo‘ladi. Shohona hordiq uchun hashamatli mehmonxonalar

Ushbu mehmonxonalarning har biri turli xil dam olishlarda mukammal hisoblanib, u dabdabali dam yoki shahar markazidagi faol ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lishi mumkin. Mehmonxonalar to‘plamini FUN&SUN kompaniyasining sayyohlik agenti tuzdi.

  • Rixos The Palm Dubai Hotel & Suites. Palma orolida joylashgan. Hashamatli xonalar, Fors ko‘rfazining ajoyib manzaralari. Xususiy plyaj, yuqori darajadagi restoranlar.
  • Atlantis The Royal. Palm-Jumeyra orolida joylashgan. Xonalarning shohona ekstravagant dizayni. Bu yerda Aquaventure akvaparki ham mavjud.
  • The Palace Downtown Dubai (Ex. The Palace The Old Town).  Shaharning qoq markazida, Dubay markazida, Burj Xalifa va Dubai Mall yaqinida joylashgan. Arab me’morchiligi va sharqona hashamat ruhida ajralib turadi.
  • The Ritz Carlton Dubai.  U Jumeirah Bich hududida, dengizning birinchi chizig‘ida joylashgan. Mehmonlarga osuda muhitni taklif qiladi. Xonalar qat'iy, nafis, klassik uslubda bezatilgan.
  • Address Beach Resort (Ex. Address Jumeirah Resort). Mashhur Jumeyra plyajida joylashgan. Zamonaviy dizayni, faol dam olish imkoniyatlari bilan mashhur. Xonalarning derazalari Burj Xalifa minorasi va Fors ko‘rfaziga qaragan.
  • Five Luxe Jbr. Mashhur Jumairah Bich-Rezidence sohilbo‘yida joylashgan. Zamonaviy mehmonxona. Shohona xonalar va ajoyib dengiz manzarasi.

Ushbu mehmonxonalarning har biri haqida batafsil ma’lumotni bu yerda o‘qing.

Dubayga bormoqchimisiz? U holda turlar haqida bepul maslahat oling.

O‘zbekistondan turlar bo‘yicha bepul maslahat.

Qayerga borish mumkin. Ekskursiyalar va sayrlar

Aynan nima xohlayotganingizga aniqlik kiritib oling: faollik hordiq yoki xotirjamlikni xohlaysizmi. FUN&SUN kompaniyasining turagenti odatda o‘z mijozlariga butun ta’tilni faqat ekskursiya va shahar bo‘ylab sayohatlarga sarflamaslikni tavsiya qiladi. Siz plyaj uchun bir-ikki kun, xaridlarga bir-ikki kun, ekskursiyalar uchun esa yana bir-ikki kunni tanlashingiz mumkin. Tanlov, albatta, o‘zingizga havola.

Agar siz Dubayga birinchi marotaba kelgan bo‘lsangiz

 

✅ Dubay bo‘ylab ekskursiya

✅ Burch-Xalifa minorasi tomosha maydonchasi

Agar oilangiz bilan sayohatga kelgan bo‘lsangiz

 

аkvapark

✅ аbra-turi — an'anaviy arab yog‘och qayig‘ida sayr

✅ Abu-Dabiga ekskursiya

Agar ekstrim xohlasangiz

 

✅ cho‘lga safar uyushtirish

✅ Sky Views Edge Walk ekstremal tomosha maydonchasi

✅ vertolyotda parvoz qilish

Shohona hordiq uchun

 

yaxta

vertolyot

Dubaydagi ekskursiyalar va faol tadbirlar haqida batafsil ma’lumotni bu yerdagi havoladan o‘qing.

Аbu-Dabi

Turagentdan Dubayga birinchi marta sayohat qilayotganlar uchun maslahatlar

  • Metro yaqinidagi mehmonxonalarni tanlang - bu bilan siz transport uchun xarajatlarni tejaysiz.
  • Ba’zida ekskursiyalar o‘z joyida emas, balki onlayn buyurtmada arzonroq tushadi.
  • Dubayda barcha uchun  JBR Beach va Kite Beach kabi ajoyib bepul plyajlar mavjud bo‘lib, u yerda vaqtni maroqli o‘tkazish mumkin.
  • Kafe va restoranlarga chegirmalar taklif qiladigan ilovalarni yuklab oling (masalan, Zomato yoki Entertainer ilovasi).
  • Bepul shou va tadbirlarga tashrif buyuring. Burj Xalifa favvorasiga boring, Dubay-Marindagi chiroqlar shousini tomosha qiling.

O‘zbekistondagi FUN&SUN kompaniyasining professional turagentiga murojaat qiling - u sizga sayohatda qanday tejash haqida so‘zlab beradi va sizning cho‘ntagingizga mos turni tanlaydi.

O‘zbekistonda bepul turagent maslahatiga ariza qoldirish uchun tugmani bosing.

Siz bilan FUN&SUN kompaniyasining turagenti bog‘lanadi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.