“Forsaj”dan “Mashinalar”gacha: avtomobillar haqidagi eng yaxshi filmlar
Ko‘cha poygasi, drayv, drift va qimmatbaho to‘rt g‘ildirakli do‘stlar – mashinalar haqidagi filmlar nafaqat avtomobil ishqibozlari, balki hech qachon mashina haydamaganlarni ham o‘ziga jalb qiladi. Shunday filmlarning eng zo‘rlari tanlovini tuzdik: “Forsaj” seriyalaridan tortib “Mashinalar” multfilmiga qadar.
Forsaj
Yashirin agent Brayan O’Konner hikoyasidan boshlanadigan poyga haqidagi eng mashhur film franshizalaridan biri. Qahramonning asosiy maqsadi – uzoq vaqtdan beri o‘g‘rilik va mashinalarga asbob-uskunalar bilan bostirib kirishda gumon qilinadigan afsonaviy poyga haydovchisining to‘dasiga kirishdir. “Yomon” rolda Vin Dizel, politsiyachi rolida esa uning eng yaqin do‘sti va endi marhum aktyor Pol Uoker o‘ynagan.
Ford Ferrariga qarshi
“24 Le Man” musobaqasida oltin kubokni egallash uchun avtomobil giganti “Ford” bilan bitim tuzib, sport avtomobilini yaratishga urinayotgan konstruktor haqidagi musobaqa dramasi. Unga poygalarga qiziqadigan avto mexanik do‘sti yordamiga keladi. Bosh qahramonlar byurokratik hiylalarga duch kelib, hech narsadan inqilobiy mashina yaratishi va raqiblardan uzib ketishi kerak bo‘ladi. Bunda nafaqat poygada g‘alaba qozinish, balki bosh qahramonning shaxsiy qiziqishlari ham tikilgan.
Uddaburon haydovchi bolakay
“Bolakay” filmining bosh qahramoni – adrenalin, musiqa va poygani juda yaxshi ko‘radigan yosh yigitdir. Uning butun hayoti quvish va otishmalardan iborat, chunki u banditlar qo‘lida haydovchi bo‘lib ishlaydi! Bir kuni poygachi sevib qoladi va o‘z kasbini “tashlashga” qaror qiladi, ammo buning uchun u maxsus va hayoti uchun juda xavfli vazifani bajarishi kerak bo‘ladi.
Need for Speed: Tezlik zavqi
Kompyuter o‘yinlarining afsonaviy seriyasiga asoslangan filmda yer osti musobaqasini yaxshi ko‘radigan iste’dodli avto mexanik haqida hikoya qilinadi. Oilaviy biznesni saqlab qolish uchun bosh qahramon mag‘rur boy va sobiq poygaachi bilan hamkorlik qilishga majbur bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tgach, u Tobini qo‘lga tushiradi va u panjara ortiga tushadi. Oradan ikki yil o‘tib, mexanik jinoyatchidan o‘ch olish istagi bilan qamoqdan ozod etiladi. Buning uchun esa imkonsiz ishni qilishi kerak bo‘ladi.
Ajal poygasi
Jeyson Stethem bilan tirik qolish poygasi haqida jangari film. Voqealar rivoji AQShda 2012 yil “haos” davrida – ishsizlik va jinoyatchilik yuqori bo‘lgan davrda bo‘lib o‘tadi. Shu paytda qamoqxonalardan birida televideniyada yuqori reytinglarda bo‘lgan “Ajal poygasi” ko‘rsatuvi suratga olinadi. Asosiy qahramon noilojlikdan o‘zi qilmagan jinoyat tufayli panjara ortiga tushadi. U tirik qolish va ozod bo‘lish uchun musobaqada ishtirok etishi kerak.
60 soniya ichida o‘g‘rilik
Nikolas Keyj va yosh Anjelina Joli bilan ikki avlod avtomobil o‘g‘rilari haqida zo‘r film: “eski maktab” ustalari va tajribasiz, ammo intiluvchan va texnologiya haqida ko‘p narsalarni biladigan havaskorlar. Endi ular bir maqsad uchun birlashib, rekord o‘rnatishi va 50 ta mashinani o‘g‘irlashi kerak. Buni bajarish uchun esa ularga atigi bir daqiqa beriladi. Chiroyli syujet, kuchli saundtrek va ishonchli (o‘sha vaqt uchun) ekshen kafolatlangan. Aytgancha, film 2000-yilda ekranlashtirilgan.
Poyga
Ron Hovard rahbarlik qilgan drama – yuqori sifatli va ko‘ngilli film mahsuloti bo‘lib, u tomoshabinni adrenalin va “Formula 1” poygasining hayajonli dunyosiga cho‘mdiradi, shuningdek, inson dramasining barcha ko‘rinishlarini namoyish etadi. Kris Hemsvort va Daniel Bryul o‘ynagan ikkita raqib avtopilotlar “Formula 1” Gran Prisida gʻalaba qozonish uchun hamma narsa – nafaqat jismoniy va psixologik salomatligi, balki hayotini ham xavf ostiga qo‘yadi.
Overdrive
Ikki aka-uka qimmat va eksklyuziv avtomobillarni o‘g‘irlab pul topadi va hech qachon politsiya va raqobatchilarning ko‘ziga tushmagan. Ammo bir kuni ularning omadi tugaydi – jinoyatchilar haqidagi mish-mishlar jinoiy to‘daning boshlig‘iga yetib boradi. Aka-ukalar o‘z hayotini saqlab qolish uchun eski dushmanining garajidan eng qimmat mashinani o‘g‘irlashlari kerak.
Taksi
Oddiy taksi haydovchisi Deniel Marselda yashaydi va tez haydashni juda sevadi. Shunchalik sevadiki, hatto ish soatida ham u “Pejo” rusumli mashinasida shahar ko‘chalarida tez haydab, mahalliy aholi va sayyohlarni qo‘rqitib, o‘z yo‘lovchilarini aqldan ozdiradi. Ammo taksi haydovchisining odatdagi hayot tarzi tergovchi uning oldiga kelganda tugaydi. Tergovchi uni “Mercedes”dagi bank qaroqchilari bandasini tutib olishga yordam berishiga majbur qiladi.
Drayv
Dramaning asosiy qahramoni (Rayan Gosling) – Gollivudning istedodli kaskadyori va professional poygachi. Ammo tun tushishi bilanoq u o‘lim bilan o‘ynashni boshlaydi. Masalan, uni ovchilar uchun nishonga aylantiradigan shubhali shartnomani imzolaydi. Endi hamma narsa uning quvlashdan qochish qobiliyatiga bog‘liq. Tirik qolish uchun esa bu safar u barcha mahoratidan foydalanishi va bira to‘la chiroyli qo‘shni qizni qutqarishi ham kerak bo‘ladi.
Kichkintoylar uchun bonus:
Mashinalar
Tomoshabinlarning asosiy diqqati – poygachi avtomobil Chaqmoq Makvin bo‘lib, u har doim va hamma narsada birinchi bo‘lishga odatlangan. Ammo musobaqalarning birida muammo paydo bo‘ladi: Makvinning shinalari yorilib ketadi va u o‘tloqlarda qolib ketadi. Bu yerda u yangi do‘stlari – Metr ismli eski yuk mashinasi, shuningdek, jozibador “Porsh” Sally bilan uchrashadi. Uning yangi do‘stlari Makvinga o‘z qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqishga va dunyoda oila a’zolari va do‘stlardan muhimroq narsa yo‘qligini tushuntirishadi. “Disney” klassikasi!