O‘zbekistonda dam olish kunlarida: 13–16-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 12–15-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 sentyabrda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15-16 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 va 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 sentyabrda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14-16 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 va 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 va 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi, 14-16 sentyabrda kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 13-14 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 16 sentyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-14 sentyabrda 15-20° bo‘ladi, 15-16 sentyabrda asta-sekin 10-15° gacha pasayadi, kunduzi 13 sentyabrda 30-35° bo‘ladi, 14-16 sentyabrda 20-25° gacha pasayadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 va 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-14 sentyabrda 15-20°, 15-16 sentyabrda 12-17°, kunduzi 13 sentyabrda 30-35° bo‘ladi, 14-16 sentyabrda 20-25° gacha pasayadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 13-15 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 13 va 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-14 sentyabrda 15-20° bo‘ladi, 15-16 sentyabrda 10-15° gacha pasayadi, kunduzi 13 sentyabrda 30-35° bo‘ladi, 14-16 sentyabrda 20-25° gacha pasayadi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 13-14 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi. Harorat 13 sentyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi, 14-16 sentyabrda kechasi 5-10° gacha, kunduzi 10-15° gacha pasayadi.