“Dyuna” filmidagi noodatiy va jingalak sochlar: ayollarning 2024-yilgi soch turmagi
Agar soch turmagingizga 5 daqiqadan ortiq vaqt sarflashni xohlamasangiz, lekin bir xil soch turmaklashdan charchagan bo‘lsangiz, biz 2024-yilning eng zamonaviy soch turmaklarini taklif etishga tayyormiz. Ular podiumlarda va Instagram’da taniqli stilistlarning trendlariga aylangan va Yangi yilgacha biz bilan qoladi.
Ayollar soch turmagi trendlari 2024
O‘ramlar va tugunchalar
Ushbu soch turmagi bizni bir zumda Denis Vilnevning Dyuna franshizasidagi Arrakis cho‘liga olib boradi. Dizaynerlarga fantastik narsalar yoqadi, soch stilistlari esa unga moslashishi kerak. Dyuna qahramonlarining soch turmagiga o‘xshash murakkab jingalaklar, shuningdek, qirolicha Viktoriyaning tugunli stili podiumlarda paydo bo‘ldi, keyin esa zamonaviyroq tarzda moda ixlosmandlari orasida tarqaldi.
Kokillar
Barchamizga tanish eski va zamonaviy shakldagi o‘ralgan sochlar ham 2024-yilgi trendlar qatoridan joy oldi. U bunga loyiq! Axir, bu biz maktab paytimizda qilib yurgan ikkitali kokil emas, balki g‘aroyib va burama kokillardir (leska yordamida shunday stil yaratish mumkin), hozirda ularning afrikacha turlari ham bor.
Malvinka
60-yillar modasini eslatuvchi bu retro soch turmagi Versace, Chanel va moda olamidagi boshqa "mastadont"larning sevimli uslubidir. So‘nggi namoyishlarda ular 2024-yilgi ikkita tendensiyasini birlashtirdi (yig‘ilgan va bantik qilingan. U juda yoqimli, jozibador va shubhasiz zamonaviy ko‘rinish berdi.
“Zerikarli bo‘lmagan” yig‘ma sochlar
Yana bir mashhur soch turmagi, pastdan yig‘ilgan sochlar bo‘lib, u biroz o‘zgartirilgan versiyada 2024-yilgi trendlar ro‘yxatiga kiritildi. Shu tariqa u oddiy ko‘rinishdan kundalik hayotda va tadbirlar uchun eng yaxshi soch turmagiga aylandi. Uni lak va gel bilan silliq va porloq qiling, mukammal farq ochishni unutmang, shuningdek turmakka gullar yoki sharf bilan bezak bering.
“Dangasa” puchok
Ayollar soch turmagining bu versiyasini uy sharoitida va deyarli qo‘lbola vositalarsiz qilish oson. Bant shaklidagi puchokka nima deysiz? Buning uchun sochingizni pastroqdan yig‘ing, uni ikki marta aylantiring, uchlarini chiqarib qo‘ying yoki shunchaki aylantirib “nevidimka”lar bilan mustahkamlang.