FIFA Abduqodir Husanovni alohida e’tirof etdi


FIFA o‘zining rasmiy Instagram sahifasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovni Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ilk ishtiroki bilan tabrikladi. Qayd etilishicha, u tarix yozishda davom etayotgan o‘zbekistonlik futbolchilardan biridir.
Tashkilot Husanovning ushbu musobaqada maydonga tushgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi sifatida nom qozonganini alohida ta’kidlagan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

"Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘ynagan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi — Abduqodir Husanov. U tarix yaratishda davom etmoqda", — deyiladi FIFA xabarida.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” turnirning 2-turida BAAning “Al-Ayn” klubini 6:0 hisobida yengdi. Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 61-daqiqada zaxiraga olindi.
“Shaharliklar”ning navbatdagi bahsi 27-iyun kuni Italiya grandlaridan biri — “Yuventus”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi belgilangan.