РУ
O’Z
UZS
/
/
Aktrisa Feruza Meliboyeva rol uchun sochini kal qilganiga izoh berdi
21.11.2024 (yangilandi 21.11.2024)

Aktrisa Feruza Meliboyeva rol uchun sochini kal qilganiga izoh berdi

Aktrisa Feruza Meliboyeva rol uchun sochini kal qilganiga izoh berdi

Oʻzbekiston davlat drama teatri aktrisasi Feruza Meliboyeva “Mening yurtim” telekanalining “Omon-omon” koʻrsatuviga intervyu berdi. Intervyu davomida aktrisa rol uchun sochlaridan voz kechgani, bu voqea aslida qanday boshlangani va taklif kimdan chiqqani haqida gapirdi.

Aktrisa “Mehmonjonlardan aylanay” seriali uchun 20 kg vazn tashlagani, qoshidan voz kechgani haqida eslab oʻtdi. “Qizim” serialidagi epizodda esa uzun sochlarini tagi bilan oldirib tashlab, kadr ortidagi jarayonda rejissyorga “Nega unday qildiryapsiz, axir, gonorar ham shunga yarasha katta emasku” degan norozi qiyofadagi videolari ijtimoiy tarmoqlarni “portlatdi”.

“Aslida bir yomon stilistning qoʻliga tushib qoldim, sochimni kuydirib qoʻydi. Eng maqbul yechimni sochimni butunlay kalga oldirib tashlab, boshqattan oʻstirishda koʻrdim. Bu haqida turmush oʻrtogʻimga aytganimda qarorim qatʼiy ekanligini soʻrab, baribir sochingni oldirar ekansan, kel shuni serialdagi epizodda qil, ijoding uchun ham yaxshi rol boʻladi, degan taklifni berdi. Oʻzimga ham maʼqul boʻldi. Kadrdagi norozi kayfiyatim va gaplarim piar uchun edi, serialga qiziqtirish maqsadida bu videoni kelishgan holda oldik”, —  dedi u.

Boshlovchilarning iltimosiga koʻra aktirsa efirda yasama sochini boshidan olib koʻrsatdi va buni serialda millionlab odamlar koʻrganini, uyalmasligini aytdi. “Shu videolar tarqalgandan soʻng nega bu ishni qildingiz, deb qoʻngʻiroq qilganlar koʻpaydi, bu ayol ruhan sogʻlom emas, ham deyishdi. Qilgan ishimdan hech qachon afsuslanmayman”, deydi Feruza Meliboyeva.