Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
FIFA reytingi. Oʻzbekiston milliy jamoasi nechanchi oʻrinda?
28.11.2024

FIFA reytingi. Oʻzbekiston milliy jamoasi nechanchi oʻrinda?

FIFA reytingi. Oʻzbekiston milliy jamoasi nechanchi oʻrinda?

FIFA rasmiy sayti noyabr oyidagi milliy jamoalarning oʻyinlaridan keyin reytingni yangiladi.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻtgan oyda Eron (0:0) va BAAga qarshi oʻyindan (1:0) keyin ikki pogʻonaga yuqorilab, 58-oʻringa koʻtarilgandi. Noyabr oyida esa Qatar (2:3) va KXDR (1:0) bilan uchrashuvdan keyingi yangi reytingda ham shu oʻrinda qolishdi.

Qayd etish joiz, 58-oʻrin milliy jamoamizning soʻnggi 8 yillikdagi eng yaxshi natija sanaladi. Bungacha “Oq boʻrilar” Samvel Babayan murabbiyligida 2016-yilda FIFA reytingida 48-oʻrinni qayd etgandi.

Srechko Katanes shogirdlari 2023-yilni 68-oʻrinda yakunlagan boʻlsa, Qatarda oʻtgan Osiyo kubogidan keyin 66-oʻringa koʻtarilgandi. Mart oyidagi FIFA kunlari doirasida Hongkongga qarshi JCH-2026 2-saralash bosqichidagi gʻalabalardan keyin (2:0, 3:0) Oʻzbekiston milliy jamoasi JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqichi va Osiyo kubogi-2027ga yoʻllanmasiga ega chiqib, reytingda 64-oʻringa yuqorilagandi.

JCH-2026 2-saralashi doirasidagi Turkmaniston (3:1) va Eron (0:0) bilan oʻyinlardan keyin vakillarimiz yana ikki pogʻona yuqorilab, 62-oʻrindan joy olgan, iyul oyida eʼlon qilingan reytingda esa 61-oʻrin, sentyabrda yana bir pogʻona yuqorilagandi.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.