верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Fuqarolarga gaz va elektr uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi?
07.04.2025 (yangilandi 09.04.2025)

Fuqarolarga gaz va elektr uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi?

Fuqarolarga gaz va elektr uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi?

Endilikda kompensatsiya bir yil davomida har oy berib boriladi.

Avvalroq joriy yilning 1-mayidan 2027-yil 1-aprelgacha ayrim fuqarolarga elektr va gaz toʻlovlari uchun bazaviy meʼyordan oshgan qismi qoplab berilishi maʼlum qilingandi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati gaz va elektr uchun kompensatsiya qanday hisoblanishini tushuntirdi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarda nechta kishi boʻlsa, ularning birgalikdagi oylik daromadi teng taqsimlanganda 669 ming soʻmdan kam chiqqan oilalarning xarajatlari qoplab beriladi. Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning esa bir oylik daromadi har bir aʼzoga taqsimlanganida, 1,15 mln soʻmdan kam boʻlishi kerak.

Shuningdek, kompensatsiya ikkala reyestrga ham kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir oila aʼzosiga 1 mln soʻmdan kam boʻlganlarga toʻlanadi.

2025-yilning mart oyi holatiga koʻra, Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalar soni 746 149 tani tashkil etadi.

Kompensatsiya quyidagi tartibda ajratiladi:

  • elektr uchun — oyiga bazaviy meʼyordan (200 kVt soatdan) ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha;
  • gaz uchun — isitish mavsumida bazaviy meʼyordan (500 kub metr) koʻp foydalanilgan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda (100 kub metr) esa 150 kub metrgacha qismiga.

Masalan, bir oila 1 oyda 350 kVt elektr energiyasidan foydalansa, uning 200 kVti uchun 600 soʻmdan toʻlaydi, 201 kVtdan — 350 kVtgacha boʻlgan 150 kVt elektr isteʼmoli uchun esa davlat kompensatsiya beradi.

Ilgari kompensatsiya faqat qish mavsumida — noyabr-fevral oylarida berilgan boʻlsa, joriy yilning may oyidan boshlab har oy qoplab beriladi.

Hududlar hokimliklari Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan joriy yilning 1-oktabrigacha “mahalla yettiliklari” tomonidan mamlakat boʻyicha har bir mahalla kesimida qoʻshimcha roʻyxatlar shakllantirildi.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.