Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo ma’lumoti: 7-yanvar kuni ayrim joylarda qor yog‘adi
06.01.2025 (yangilandi 06.01.2025)

Ob-havo ma’lumoti: 7-yanvar kuni ayrim joylarda qor yog‘adi

Ob-havo ma’lumoti: 7-yanvar kuni ayrim joylarda qor yog‘adi

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir,qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduz 4-9° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.