Halimaxon nima sababdan vafot etgani maʼlum boʻldi
Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Instagramʼdagi sahifasida jonli efirga chiqib, komik aktrisa Halima Ibragimovaning oʻlimi sababi haqida gapirdi.
Grijasi (umurtqa pogʻonasi churrasi) bor edi. Yo grijasini oldirish kerak edi, yoki tana vaznini yengillashtirish kerak edi. Shuning uchun oshqozonini kestirish amaliyotini qildiribdi, menga ham bildirmay.
Yoʻq boʻlib qoldi. Xavotirlanib qoʻngʻiroq qildim. “Opa, operatsiya qildirgandim, joyi yiringlab ketibdi”, dedi. Operatsiya boshqatdan qilinganida teri yetmay qoldi, 20 ga 50 joyi ochiq turgan, oʻsha joy yiringlagan.
U ham, bu ham emas, umri shu joygacha ekan. Biz shunday boʻlishini bir hafta oldin bilgandik, tayyor boʻlib turgandik. Bugun oʻsha joyi tikilishi kerak edi. Kamiga qondagi qand miqdori ham 30 ga koʻtarilib ketibdi. Qon bosimi ham juda baland edi. Ustiga-ustak donor ham topilmagan, deydi Yulduz Usmonova.
Shuningdek, Halima Ibragimova Yulduz Usmonovadan umra safariga olib borishni soʻragani, oxirgi paytda besh vaqt namoz oʻqigani haqida ham gapirib oʻtdi.
Yoshligidan shafqatsiz olamda voyaga yetdi u. Ota-onasidan erta yetim qolgan edi. Chumchuq qush, shikasta qalb sohibasi, taʼsirchan, tezda yigʻlab yuboradigan qiz edi. Namozga egilib qolgandi. Umralarni niyat qilgandi.
Birinchi operatsiya qilinganida ham bir komaga tushib qaytib chiqqandi. Oʻshanda reanimatsiyada yotgandi. “Reanimatsiyada uch kishi yotdik. Oʻshanda yotganimda bitta katta odam keldi, u meni olib ketgani keldi, deb oʻyladim.
Ertalab yonimda yotgan ayol vafot etganini eshitdim”, deb yigʻlab aytib bergandi. Xullas, oʻlimi yaqinligini koʻngli sezgan, ayon bergan. Ertadan keyin safarga ketaman, unga ham umra badal qilaman, deydi Yulduz Usmonova.