$100 верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Yanvarda ob-havo qanday bo‘ladi?
01.01.2025

Yanvarda ob-havo qanday bo‘ladi?

Yanvarda ob-havo qanday bo‘ladi?

Yanvar oyining birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha anomal sovuq kutilmayapti, deya xabar bermoqda O‘zgidromet. Harorat kechalari −8…+8, kunduz kunlari −2…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Keyinchalik qisqa davrda havo kechasi −20 darajagacha pasayishi ehtimoli ham bor. Ayrim kunlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda.

image

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN XARID QILISH MUMKIN?

icon

2025-yilgi yanvar oyining birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Sinoptiklarga ko‘ra, yanvar qish faslining o‘rtasi bo‘lib, u iqlim xususiyatlariga ko‘ra yilning eng sovuq oyidir. Biroq bu oy O‘zbekistonda har doim ham eng sovuq oy bo‘lavermaydi. 2002−2003-yillarda dekabr oyi yanvar va fevral oylariga nisbatan eng sovuq oy bo‘lgan. 2013−2014-yillarning fevral oyi esa dekabr va yanvar oylariga nisbatan eng sovuq bo‘lgan.

2025-yilgi yanvar oyining birinchi yarmida havo harorati oy boshi uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, kechalari −3…+2 daraja, kunduz kunlari +3…+8 daraja, shimolda kechalari −3…−8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0…+5 daraja bo‘ladi.

Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari +3…+8 darajadan −3…−8 darajagacha, shimolda −10…−15 darajagacha, kunduz kunlari +10…+15 darajadan −2…+3 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Harorat kechalari −10…−12 darajagacha, shimolda −17…−20 darajagacha qisqa davrga pasayishi ehtimoli bor.

Oyning ayrim kunlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.

O‘tgan yillarda yanvar oyi qanday bo‘lgan?

O‘zbekistondagi barcha qish oylari kabi yanvar ham iliq va sovuq davrlar o‘rin almashib turishi bilan ajralib turadi. Butun yanvar oyi sovuq bo‘lgan yillar juda kam kuzatiladi.

Barcha kuzatuv davrlari uchun hududning katta qismi bo‘yicha 1969 va 2008-yillarda yanvar oylari eng sovuq bo‘lib, me’yordan 8−12 darajaga past bo‘lgan, ushbu asrda esa 2006 va 2023-yillarning yanvar oylari eng sovuq bo‘lib, me’yordan 4−7 darajaga past bo‘lgan.

So‘nggi yillarda sovuq yanvar oylariga qaraganda iliq yanvar oylari tez-tez takrorlanmoqda. Respublika hududining katta qismida 2016, 2019, 2022 va 2024-yillarda yanvar oylari me’yorga nisbatan ancha yuqori bo‘lib, me’yordan 3−6 darajaga yuqori bo‘lgan.

O‘zbekiston hududining katta qismida barcha kuzatuv yillari uchun havo haroratining mutlaq minimumi (eng past qiymatlar) 23−28 daraja sovuqni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 29−34 daraja sovuqni, Ustyurta 39 daraja sovuqni, eng chekka janubda 18−23 daraja sovuqni tashkil etadi. Respublika hududining katta qismida bu qiymatlar 1969 va 2008-yillarda qayd etilgan.

2023-yil yanvar oyi 1969 va 2008-yillardagidek sovuq bo‘lmagan, ammo oy o‘rtalarida markaziy viloyatlar va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda so‘nggi 30 yil ichida havo harorating eng past qiymatlari kuzatilgan.

2016, 2019, 2022, 2024-yillarning juda iliq yanvar oylarida minimal havo harorati 2−5 daraja sovuqdan, shimolda 8−10 daraja sovuqdan pastga tushmagan, faqat Ustyurtda eng sovuq kechalarda 12−15 daraja sovuq bo‘lgan.

Yanvar oyida yog‘ingarchilik juda tez-tez kuzatiladi, oyiga o‘rtacha 9 kundan 14 kungacha yog‘ingarchilik bo‘ladi.

O‘zbekiston hududining katta qismida yanvar oyida yog‘ingarchilik miqdori 25 mm dan 45 mm gachani, tog‘oldi hududlarda 65−90 mm ni, ba’zi joylarda 110 mm ni, respublika shimolida, cho‘l hududlarda va Farg‘ona vodiysida 10−22 mm ni (ko‘p yillik davr uchun o‘rtacha) tashkil etadi.

Kuzatilayotgan global isish fonida tekislik hududlarda va hatto tog‘oldi hududlarda yanvar oyida yog‘ingarchilik ko‘pincha yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi. Buning hisobiga tekislik hududlarda qor qoplami ko‘pincha qisqa muddatli (5 kundan kam) bo‘lib, ba’zida esa qor qoplami umuman shakllanmaydi.

Respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlari bo‘yicha 1969-yilning sovuq yanvar oyi yog‘ingarchilik (qor) eng ko‘p bo‘lgan. Ushbu yilda tekislik hududlar bo‘yicha qor balandligi 40−66 sm ga yetgan. So‘nggi yillarda esa 2008-yil yanvar oyi yog‘ingarchilik (qor) eng ko‘p bo‘lgan.

Bu qiziq

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.