РУ
O’Z
UZS
/
/
Munisa Rizayevaning ochiq uslubdagi kiyimi tanqidlarga sabab boʻldi (foto)
22.11.2024

Munisa Rizayevaning ochiq uslubdagi kiyimi tanqidlarga sabab boʻldi (foto)

Munisa Rizayevaning ochiq uslubdagi kiyimi tanqidlarga sabab boʻldi (foto)

Xonanda Munisa Rizayevaning oilaviy hayoti soʻnggi vaqtlarda koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. U eʼlon qilgan rasmli post ham muhokamadan chetda qolmadi.

Taniqli sanʼatkor Munisa Rizayeva ayni paytda Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida yashamoqda. U turmush oʻrtogʻi bilan tugʻruq taʼtilini oʻtkazmoqda.

Xonandaning Instagramʼdagi sahifasida 16-noyabr kuni fotopost eʼlon qilindi. Unda Rizayevani qor harir mato bilan toʻsilgan toʻliq qora libosda koʻrishimiz mumkin.

Bunday noodatiy uslub muxlislar tomonidan turlicha qarshi olindi. Ayrimlar xonandaga kiyim yarashganini yozsa, boshqalar milliylikdan tashqariga chiqish yaxshi emasligini taʼkidlagan.

Ushbu rasmga shou-biznesning taniqli vakillari ham fikr bildirgan. Jumladan, Shahzoda Muhammedova, Zarina Nizomiddinova va Shabnam Surayyo Rizayevaga betakror deya taʼrif bergan.

26-oktyabr kuni eʼlon qilingan videoda Munisa Rizayeva chaqaloq jinsining testi aks etgan videoni eʼlon qilgandi. Unda homiladorlik davrida kuzatilayotgan holatlar haqida gap boradi.