Sharm al-Shayx bolalar bilan: qaysi mehmonxonalar, ekskursiyalar va ko‘ngilochar tadbirlarni tanlagan ma’qul


Sayyohlik agentliklari ma’lumotlariga qaraganda, Misrga dam olishga ketayotgan har ikkinchi oila farzandlari bilan birga ketadi. Misr oromgohlari haqiqatan ham oilaviy dam olish uchun qulay, ammo uning o‘ziga xos tomonlari ham yo‘q emas. Maqoladan siz bu haqda bilib olasiz.
Safardan oldin aniqlashtirilishi lozim bo‘lgan masalalar
- Samolyotda ovqatlantirishadimi? Agar yo‘q bo‘lsa va siz kichkintoy bilan parvoz qilayotgan bo‘lsangiz, farzandingiz uchun sneki, meva pyuresi oling. Samolyot kechikishi mumkin, shuning uchun bolani qanday ovqatlantirish haqida o‘ylab ko‘ring.
- Mehmonxonaning birinchi qavatidagi xonaga joylashish mumkinmi? Misrda ko‘p mehmonxonalar ikki qavatli, birinchi qavatdagi xonada ayvon o‘rniga ko‘chaga chiqadigan hudud bo‘lishi mumkin. Joylashishdan oldin sizga aynan birinchi qavatdan xona berishlarini so‘rang. Siz xona oldidagi stullarda o‘tirgancha, farzandingiz yoningizda o‘ynashini kuzatishingiz mumkin bo‘ladi.
- Basseynlar isitiladimi? Bu, ayniqsa, noyabrdan martgacha bo‘lgan davrda dam olishga taalluqlidir. Farzandingizning yoshiga mos keladigan tepalikli basseyn bor-yo‘qligiga aniqlik kiriting.
- Mehmonxona hududida bolalar klubi mavjudmi? Unda 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni dam olayotganingizda qoldirishingiz mumkin. Aslida, siz bepul enaga olasiz. Odatda klublar kuniga bir necha soat ishlaydi.

O‘zingiz bilan nimalarni olishingiz zarur
- Pashshalarga qarshi sprey. Yilning istalgan faslida kerak bo‘ladi.
- Quyoshdan himoya. Agar farzandingiz kichkina bo‘lsa, birdaniga bir nechta soyabonli bosh kiyimi yoki qalpoqcha oling.
- Yengliklar. Bolaga hatto kattalar uchun mo‘ljallangan basseynda ham (albatta, sizning nazoratingiz ostida) suzishga yordam beradi.
- Sevimli o‘yinchoq. Quyosh botgandan keyin suzish mumkin emas, bola zerikib qolishi mumkin. Uning sevimli o‘yinchog‘ini oling yoki maxsus sayohat uchun yangisini xarid qiling.
- Agar siz yilning sovuq mavsumida sayohat qilayotgan bo‘lsangiz, sizga kurtka, shapka, botinka kabi issiq kiyimlar kerak bo‘ladi.
Agar bolangiz bolalar aravachasida sayr qilsa, mehmonxona tanlashdan oldin turoperatoringizdan ushbu mehmonxonada bolalar aravachasida harakatlanish qanchalik qulayligiga aniqlik kiriting.
Turagentning bepul maslahatini olish uchun quyidagi tugmani bosing.

Misrda bolalarning ovqatlanishi haqidagi muhim ma’lumot
- Restorandagi "bolalar uchun" taomlar farzandingizga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bolalar ovqatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ziravorlarsiz, o‘tkir bo‘lmasligi lozim. Ba’zi go‘sht turlari bug‘da pishirilishi mumkin.
- Oshpazning yoniga boring va undan farzandingiz uchun maxsus biror narsa tayyorlay oladimi yoli yo‘qligini so‘rab ko‘ring. Ba’zida oshpazlar siz eng qimmat mehmonxonada joylashmagan bo‘lsangiz ham bunga rozi bo‘lishadi.
- Jo‘mrak ostidan suv ichish taqiqlanadi. Bu faqat bolalarga emas, hammaga taalluqli.
- Xonalarda choynak bor. Siz mustaqil ravishda farzandingizga tez tayyorlanadigan bo‘tqa pishirib berishingiz mumkin.
- Mehmonxonadan tashqarida o‘ralgan (qadoqlangan) sharbatlar, meva va sabzavotlarni xarid qilishingiz mumkin. Mevalar, sabzavotlar, qadoqlangan sharbatlar, pechenye.
- Restoranda bolani ovqatlantirish uchun stulcha bo‘lishi lozim. Agar u ko‘rinadigan joyda bo‘lmasa, restoran menejeriga murojaat qiling.

FUN&SUN Travel kompaniyasi turagentining bepul maslahatiga buyurtma berish uchun "Ariza qoldirish" tugmasini bosing.

Sohil haqida nimalarni bilish muhim
“Universal” fikr - Xurgadada dengizga oson chiqiladigan qumli sohillar, Sharm-al-Shayxda esa ponton orqali dengizga chiqish riflari bo‘lgani sababli Sharm-al-Shayxdan ko‘ra Xurgada bolalar bilan dam olishga ko‘proq mos keladi. Biroq Xurgadada ham rif li va pontonli sohillar mavjud, Sharm-al-Shayxda esa qumli sohillarni topish mumkin.
Ayrim qumloq sohillarda o‘tkir toshlar uchraydi.
Shu sababli ikkala dam olish maskani sizga qulay bo‘lishi ham, noqulaylik tug‘dirishi ham mumkin. Sharm-al-Shayx riflariga keladigan bo‘sak, 10-12 yoshdan katta bolalar ponton atrofida xotirjam va xavfsiz suzishlari mumkin. Suvning sho‘rligi yuqori bo‘lgani uchun suzish osonroq - u tanani suv yuzasiga itaradi.
Sharm el-Shayxdagi eng yaxshi oilaviy mehmonxonalar
FUN&SUN Travel kompaniyasi sayyohlik agentlari talqini bo‘yicha bolalar bilan dam olishga eng qulay mehmonxonalarning top-5 taligi.
Amphoras Beach 5*. Mehmonxonaning o‘ziga xosligi - qumli sohilning mavjudligi.
Monte Carlo Sharm Resort Spa & Aqua Park 5*. Qulay joylashuvga ega.
Pickalbatros Aqua Park Sharm 5*. Akvapark mavjudligi tufayli oilalar orasida mashhur.
Sunrise Diamond Beach Resort 5*. Mazali taom, qiziqarli animatsiya.
Rixos Premium Seagate 5*. Hashamatli dam olish, mehmonlar uchun puxta o‘ylangan ko‘ngilochar tadbirlar.
Har bir mehmonxona haqida batafsil ma’lumotni bu yerdagi havola orqali o‘qishingiz mumkin.
Sharm al-Shayxga sayohatlarda 15% chegirma olish uchun quyidagi tugmani bosing.

Bolalar bilan ekskursiyalarning TOP-5 taligi
vaqtingizni qayerda o‘tkazishni xohlaysiz: quruqlikdami yoki dengizdagi yaxtada? Bu savolga javob bergan holda, ekskursiyani tanlang.
1. Tiran oroli yoki Ras-Muhammadga yaxtada dengiz sayohati. Yaxtada sayr qilish davomida siz snorkeling bilan shug‘ullanishingiz va Qizil dengizning suv osti dunyosidan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
2. Dahab va Ko‘k Lagunaga sayohat. Dasturga lagunada cho‘milish, cho‘l bo‘ylab jiplarda safari va qirg‘oqda tuyalarda sayr qilish kirishi mumkin.
3. Rangli suv darasi va Oq daraga sayohat. Bu film dekoratsiyasiga o‘xshash rang-barang qoyalarni ko‘rish imkoniyatidir. Farzandingiz qumli so‘qmoqlarda yugurib, tabiat mo‘jizalarini tomosha qilishi mumkin.
4. Nabk qo‘riqxonasiga sayohat. Bu mangra o‘rmonlarida sayr qilish, ekzotik qushlarni tomosha qilish va lagunalarda cho‘milish imkoniyatidir.
5. Aqua Park City va Pickalbatros Aqua Park akvaparklariga sayohat. Bular Sharm al-Shayxning eng yirik akvaparklari bo‘lib, ularda basseynlar, turli murakkablikdagi attraksionlar va alohida bolalar hududlari mavjud.
Havolani bosish orqali siz Sharm al-Shayxning 2025-yilda tashrif buyurishga arziydigan 8 ta eng yaxshi ekskursiyasi reytingi bilan tanishishingiz mumkin.