Havo borgan sari issiqlashib bormoqda: O‘zbekistonda haftalik ob-havo va har kun uchun 7 ta obraz


Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi ob-havo quvontirishda va hattoki hayratga solishda davom etmoqda: yaqinda yomg‘irdan yashirinib, sviterlarga o‘ralgan edik, endi esa SPF kremlaridan foydalanib, issiqlikdan shikoyat qilmoqdamiz. Ammo quyoshga norozi nogoh solishga shoshilmang – bu hafta havo nafaqat iliq, balki yaxshigina issiq bo‘ladi! To‘g‘ri, birdan emas. Shunday ekan, yozga oldindan tayyorgarlik ko‘ramiz – bunda esa bizga Zara va Mango’ning zamonaviy obrazlari yordam beradi.
Toshkentda 7-apreldan 13-aprelgacha haftalik ob-havo ma’lumoti
7-aprel
Dushanba tongi qulay va hattoki salqin bo‘ladi: +17...+20. Yo‘l-yo‘lakay shamollab qolmaslik uchun ishga yengil kurtka, trench yoki jinsi kurtkada boring. Kunduzi esa yengil kiyimga almashtirish mumkin, chunki havo +28 gacha ko‘tariladi. Kechasi kam bulutli ob-havo va +17 hukmronlik qiladi.
Masha obrazida:
8-aprel
Seshanba kuni havo ochiq va quyoshli bo‘ladi, UV indeksi 5 ball. Bu yuzimiz uchun qanchalik zararli yoki yo‘qligini o‘zingiz hal qiling, lekin ayniqsa kunduzi +27 bo‘lishi sababli SPF kremini surtish ortiqchalik qilmaydi. Kechqurun yana salqinlashadi, odatdagidek +18 dan +20 gacha.
Masha obrazida:
9-aprel
Chorshanba kuni bulutli bo‘ladi, demak, bu kun yanada jiddiy va samarali o‘tishi mumkin. Tushlikda sayrga chiqing: quyosh yo‘q, havo yoqimli +26, tushlikda yegan palovni hazm bo‘lishiga yordam bering. Kechqurun yana +20.
Masha obrazida:
10-aprel
Payshanba kuni quyosh qaytadi va havo +27 gacha ko‘tariladi. Kechqurun odatdagidan iliqroq bo‘ladi – +22, shunday ekan uyda qolish noo‘rin: eng sevimli liboslaringizda sayr qiling. Ko‘chadagi odamlarning ko‘zini zavqlantirib, o‘zingiz ham maza qilib dam oling!
Masha obrazida:
11-aprel
Juma kuni issiq mavsumning rasmiy ochilishi bo‘ladi. Osmonda birorta bulut yo‘q, harorat +30 gacha yetadi. Kechqurun osmon yana ochiq. Tashqarida +24.
Masha obrazida:
12-aprel
Shanba kuni yanada issiq bo‘ladi: Toshkent +32 darajagacha qiziydi. Shahar tashqarisiga – dacha, tog‘lar yoki parkka borishni tavsiya qilamiz. Buning uchun esa maksimal darajada qulay kiyim kerak bo‘ladi. Kechqurun +26.
Masha obrazida:
13-aprel
Yakshanba yog‘ingarchiliksiz, kam bulutli va tashqarida +30 bo‘ladi. Bu kunni oilangiz davrasida o‘tkazing, bolalaringiz va uy hayvonlariga vaqt ajrating. Kechasi osmon vaqti-vaqti bilan bulutli, havo +25. Sayr qilish bilan ovora bo‘lib, yangi ish haftasiga tayyorgarlik ko‘rishni unutmang.
Masha obrazida: