1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda hafta yakunida: 3–6-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
01.10.2025 (yangilandi 01.10.2025)

O‘zbekistonda hafta yakunida: 3–6-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta yakunida: 3–6-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 3–6-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 3-5 oktyabrda 15-20°, 6 oktyabrda 17-22°, bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi, 3-5 oktyabrda 20-25°, 6 oktyabrda 22-27°bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 oktyabrda 10-15° bo‘ladi, 4-6 oktyabrda 8-13° bo‘ladi, kunduzi, 3-5 oktyabrda 22-27°, 6 oktyabrda 20-25°bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 4-5 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-4 oktyabrda 5-10°, kunduzi 18-23°, 5-6 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. 4-6 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 3 oktyabrda 10-15°, 4-6 oktyabrda 13-18° bo‘ladi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.