верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“SSKA” “Zenit”dan ustun kelib, Rossiya Kubogi superfinaliga yo‘l oldi. Fayzullayev zaxiradan tushdi
15.05.2025

“SSKA” “Zenit”dan ustun kelib, Rossiya Kubogi superfinaliga yo‘l oldi. Fayzullayev zaxiradan tushdi

“SSKA” “Zenit”dan ustun kelib, Rossiya Kubogi superfinaliga yo‘l oldi. Fayzullayev zaxiradan tushdi

Moskvaning “SSKA” klubi Rossiya Kubogi finalining javob bahsida Sankt Peterburgning “Zenit” jamoasini mag‘lub etib, superfinal yo‘llanmasiga ega chiqdi. Asosiy vaqt 2:0 natijasi bilan yakunlandi, lekin umumiy hisob 2:2 bo‘lgani sabab o‘yin penaltilar seriyasida davom ettirildi va unda “armiyachilar” 4:3 hisobida ustun keldi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

O‘yindagi hisob 37-daqiqada Matvey Kislyak tomonidan ochilgan bo‘lsa, 90+2-daqiqada Temurlan Musayev moskvaliklarning ikkinchi golini kiritdi.

Penaltilar seriyasida “SSKA”ning barcha futbolchisi aniq harakat qilgan bo‘lsa, “Zenit” safidan Mantuan Gustavo hamda Aleksandr Sobolyov nuqtada adashdi.

Shu tariqa “armiyachilar” ikki o‘yindan iborat final bahsida g‘alaba qozonib, superfinal yo‘llanmasiga ega chiqdi.

O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev 62-daqiqada zaxiradan tushirildi. U Miralem Pyanich bilan almashtirildi.

“SSKA”ning hal qiluvchi o‘yindagi raqibi bugun, 15-may kuni aniq bo‘ladi. Unda “Spartak” va “Rostov” jamoalari bahs olib boradi. Superfinal uchrashuvi esa 1-iyunga belgilangan.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.