верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Hayvonlar shahri 2” multfilmining birinchi tizer-treyleri e'lon qilindi
21.05.2025

“Hayvonlar shahri 2” multfilmining birinchi tizer-treyleri e'lon qilindi

“Hayvonlar shahri 2” multfilmining birinchi tizer-treyleri e'lon qilindi

Walt Disney Animation Studios kinokompaniyasi “Hayvonlar shahri 2” multfilmining birinchi tizer-treylerini e’lon qildi. Animatsion film dunyo boʻylab 26-noyabr kuni premyera qilinadi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Sikvelda detektiv hayvonlar Zootopiyada paydo bo‘lgan va shaharni ostin-ustun qilgan sirli sudralib yuruvchi jonzotni ta’qib qiladi.

Jeyson Beytman ovozlashtirgan tulki Nik va Jennifer Gudvin dublyaj qilgan quyoncha Judi ekranlarga qaytadi. Bundan tashqari, yangi hikoyaning muhim qahramonlari ilonlar bo‘ladi.

“Hayvonlar shahri” multfilmi 2016-yilda katta ekranlarga chiqqan. U prokatda 1 milliard dollardan ko‘proq daromad qilgan. Shuningdek, har bir epizodi animatsion olamning alohida qahramoniga, shu jumladan, multfilmning bosh qahramoni — quyon Judiga bagʻishlangan “Hayvonlar shahri+” multseriali yaratilgan.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.