РУ
O’Z
UZS
/
/
2024-2025-yillarda eng yaxshi video montaji dasturlari: to‘liq sharh
09.11.2024 (yangilandi 12.11.2024)

2024-2025-yillarda eng yaxshi video montaji dasturlari: to‘liq sharh

2024-2025-yillarda eng yaxshi video montaji dasturlari: to‘liq sharh

 Ushbu sharhda Toping.uz versiyalariga ko‘ra, eng yaxshi 12 ta video montaj dasturlari haqida ma’lumot beramiz, ularning xususiyatlari, afzalliklarini muhokama qilamiz, zaif tomonlarini qayd etib, turli darajadagi foydalanuvchilar uchun tavsiyalar beramiz.

1. Adobe Premiere Pro

Asosiy vazifalari

Eng mashhur professional montaj dasturlaridan biri. Unda montaj qilish, ranglarni tuzatish, tovushlar dizayni va effektlar bilan ishlash uchun ko‘plab funksiyalar mavjud. Asosiy xususiyatlari orasida quyidagilarni ta’kidlab o‘tish lozim:

 Interfeys: ko‘p funksiyali va sozlanadigan, shu jumladan katta loyihalar bilan ishlash uchun qulay.

• Adobening boshqa mahsulotlari bilan yaxlit holatga keladi: Adobe After Effects, shuningdek Adobe Audition va Creative Cloud paketidagi boshqa dasturlar bilan samarali ishlaydi.

• Formatlarning qo‘llab-quvvatlanishi: katta hajmdagi va turli xil videoformatlari, jumladan, 4K va 8K bilan ishlash.

• Sun’iy intellekt texnologiyalari: video sifatini yaxshilash uchun sun’iy intellektdan foydalanish, avtotuzatish, tasvirlarni barqarorlashtirish imkoniyati va boshqalar.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

·                Professionallar uchun keng imkoniyatlar.

·                Adobe mahsulotlari bilan yuqori integratsiya.

·                Ranglarni tuzatish va audio bilan ishlash uchun ilg‘or vositalar - professionallar uchun mos keladi.

·                Tez-tez yangilanishi va yaxshilanishi.

Kamchiliklari:

·                Qimmatli obuna.

·                Kuchsiz kompyuterda yaxshi ishlamaydi.

·                Yangi boshlovchilar uchun o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar.

Kimlarga to‘g‘ri keladi

Professional videomontajchilar, shuningdek, kino sanoati, televideniye yoki murakkab reklama roliklarini yaratish sohasida ishlovchilar uchun. Boshlanishida yangi boshlovchilar uchun interfeysni o‘zlashtirish qiyin bo‘lishi mumkin.

Yakka tartibdagi shaxslar uchun obuna narxi: adobe.com saytida oyiga 27,13 dollar, dastlabki 30 kun bepul.

2. DaVinci Resolve

Asosiy vazifalari

Undan bepul foydalanish imkoniyati, shuningdek, o‘rnatilgan ranglarni tuzatish va audio ishlov berish uchun professional vositalar tufayli e’tiborni tortadigan kuchli dastur.

• Ranglarni tuzatish: bozordagi eng kuchli vositalardan biri, post-ishlab chiqarish sohasidagi professionallar uchun risoladagidek qo‘l keladi.

• Montaj: ko‘p kanalli montajni qo‘llab-quvvatlash va 8K gacha bo‘lgan video bilan ishlash.

• Audio: Fairlight o‘rnatilgan ovoz tahriri ovozni aniq sozlash imkonini beradi.

·                Platforma: dasturning bepul versiyasi professionallar uchun zarur bo‘lgan aksariyat funksiyalarni o‘z ichiga oladi va pullik versiya qo‘shimcha vositalarni taklif etadi.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

·                Ranglarni tuzatish va audioga ishlov berishdagi yuqori sifat.

·                Ko‘p sonli funksiyalarga ega bepul versiya.

·                HDR-video va 3D-grafikaning qo‘llab-quvvatlanishi.

Kamchiliklari:

·                Yangi boshlovchilar uchun qiyinroq.

·                Temirga, ayniqsa, videokarta jihatidan talabchan.

·                Adobe bilan solishtirganda boshqa mahsulotlar bilan kamroq integratsiyalashadi.

Kimlarga to‘g‘ri keladi

Professionallar va murakkab loyihalar, jumladan, kino ishlab chiqarish va reklama bilan shug‘ullanuvchilar uchun. Yangi boshlovchilar dasturni o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, biroq bepul versiyaning mavjudligi uni moliyaviy sarmoyalarsiz sinab ko‘rish imkonini beradi.

Litsenziya narxi:  blackmagicdesign.com saytida 295 dollar, bepul versiyasi ham mavjud.

3. Final Cut Pro

Asosiy vazifalari

Bu macOS bilan integratsiyasi tufayli ko‘pincha Apple qurilmalarida ishlatiladigan videomuharrir.

• Magnitli vaqt shkalasi: tahrirlash jarayonini tezlashtirish imkonini beruvchi montajga innovatsion yondashuv.

• 4K va 8K ni qo‘llab-quvvatlaydi.

• Ranglarni tuzatish vositalari: tasvir sifatini yaxshilash uchun o‘rnatilgan vositalardan iborat.

• Apple bilan integratsiya: Applening Logic Pro kabi boshqa mahsulotlari bilan ajoyib moslik.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

·                Mac uchun ajoyib optimallashtirish.

·                Yuqori tezlikda ishlash.

·                Montaj va rang tuzatish asboblari quvvati bilan hayratda qoldiradi.

·                O‘zlashtirishning osonligi.

Kamchiliklari:

·                Faqat Mac foydalanuvchilari uchun.

·                Premiere Proga xos bo‘lgan ayrim funksiyalarning yo‘qligi.

Kimlarga to‘g‘ri keladi

Macda ishlovchi professionallar uchun. Bu kino va televideniyeda montaj bilan shug‘ullanuvchi, shuningdek yuqori tezlikda ishlashga intiluvchi foydalanuvchilar uchun ajoyib tanlov.

Foydalanish narxi:  filmora.wondershare.net saytida 49,99 dollardan 79,90 dollargacha.

4. Sony Vegas Pro

Asosiy vazifalari

Bu oddiy funksional video muharrir hisoblanadi.

• Ko‘p tilli ko‘maklashuv: dastur bir necha tillarda mavjud bo‘lib, bu butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratadi.

• Ko‘p kamerali montajni qo‘llab-quvvatlash: bir necha kameralar yordamida tayyorlangan video bilan ishlash asboblari.

• Drag-and-drop interfeysi: mediafayllarni montaj qilish va joylashtirishdagi yengillik.

• Rang va tovushni tuzatish vositalari: tasvirni tuzatish va audioga ishlov berish uchun o‘rnatilgan funksiyalar.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

·                O‘zlashtirishdagi soddalik.

·                Video bilan ishlashdagi keng imkoniyatlar.

·                Maqbul narx.

Kamchiliklari:

·                Rangni tuzatish uchun imkoniyatlar kam.

·                Ba’zi funksiyalar kamroq quvvatga ega.

Kimlarga to‘g‘ri keladi

YouTube, ijtimoiy tarmoqlarda video montaji bilan shug‘ullanuvchilar, yangi boshlovchilar va havaskorlar uchun.

Foydalanish narxi:  steampowered.com saytida 112,49 dollarga olish mumkin.

5. Wondershare Filmora

Asosiy vazifalari

Boshlovchilar va havaskorlar uchun qo‘l keladigan intuitiv tushunarli video muharrir.

• Shablonlar va effektlar: montaj jarayonini sezilarli darajada tezlashtirishi mumkin bo‘lgan o‘rnatilgan shablonlar va effektlar.

• 4K video ko‘maklashuv: yuqori sifatli video bilan ishlash.

• Do‘stona interfeys: yangi boshlovchilar uchun ham qulay.

• Titrlar va animatsiyalar uchun vositalar: animatsiyalar va titrlarni oson qo‘shish.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

·                Interfeysning soddaligi.

·                Effektlar va animatsiyalarni qo‘shish uchun keng imkoniyatlar.

·                Nisbatan past narx.

Kamchiliklari:

·                Professional muharrirlar bilan taqqoslaganda cheklangan funksiyalar.

·                Ranglarni tuzatish va audioishlov berish uchun professional vositalardan ko‘maklashuvning yo‘qligi.

Kimlarga to‘g‘ri keladi

Murakkab professional vositalarga chuqur kirib bormasdan ijtimoiy tarmoqlar, bloglar yoki oilaviy loyihalar uchun videolar yaratishni xohlaydigan yangi foydalanuvchilar va havaskorlar uchun.

Foydalanish narxi: filmora.wondershare.com.ru saytida oyiga 19,99 dollardan boshlanadi.

6. Lightworks

Asosiy vazifalari

Videomontaj uchun bepul va professional dastur, kino ishlab chiqarish va televideniyeda qo‘llaniladi.

• 8K gacha bo‘lgan formatlarni saqlay oladi.

• Sozlanadigan interfeys.

• Professional rang korreksiyasi: rang bilan ishlash uchun kuchli vositalar.

• Ko‘p kamerali ishlov berish: video, jumladan, bir nechta kameradan olingan video bilan ishlashdagi ajoyib imkoniyatlar.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

·                Ajoyib sifat funksiyalari.

·                Bepul bazaviy versiyaga ega.

·                Turli formatlarni qo‘llab-quvvatlash.

Kamchiliklari:

·                Interfeys yangi boshlovchilar uchun murakkab bo‘lishi mumkin.

·                Bepul versiya imkoniyatlari cheklangan.

Kimlarga to‘g‘ri keladi

Yuqori sifatli video bilan ishlovchi mahoratli videomontajchilar uchun.

Obunaning narxi:  selardo.com saytida 25 dollar.

7. Apple iMovie

Asosiy vazifalari

Mac foydalanuvchilari uchun oddiy video muharrir, videolarning asosiy montajida qulay.

• Shablonlar va effektlar: videoni tezda yaratish uchun ko‘plab oldindan belgilangan mavzular va effektlarning mavjudligi.

• Intuitiv tushunarli interfeys: yangi boshlovchilar uchun juda qulay, o‘zlashtirilishi oson bo‘lgan interfeys.

• HD videolarni qo‘llab-quvvatlash: video muharrir Full HD va undan yuqori videolar bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

• Applening boshqa mahsulotlari bilan integratsiya: Applening boshqa ilovalari bilan loyihalarni tezda almashish imkoniyati.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

·                Foydalanishdagi qulaylik.

·                Mac foydalanuvchilari uchun bepul.

·                Sifatli videoni tezda yaratish.

Kamchiliklari:

·                Professional dasturlarga nisbatan cheklangan funksiyalar.

·                Postprodakshnning murakkab turlarini ko‘tara olmaydi.

  Kimlarga to‘g‘ri keladi

Murakkab dasturlarga chuqur kirishni xohlamaydigan, ammo sifatli videoloyihalar yaratishni xohlaydigan boshlovchi videomontajchilar uchun.

Bepul foydalanish mumkin.

8. Shotcut

Asosiy vazifalari

Asosiy va o‘rtacha montaj funksiyalariga zarurat sezgan foydalanuvchilar uchun bepul va ochiq kodli video muharrir. Shotcut video bilan ishlash uchun barcha asosiy vositalarni, jumladan quyidagilarni taqdim etadi,:

• Ko‘p formatlarni qo‘llab-quvvatlash: keng diapazondagi video va audioformatlari, jumladan, 4K bilan ishlaydi.

• Ko‘p funksiyali vaqt shkalasi: bir vaqtning o‘zida bir nechta video va audio yo‘laklarini tahrirlash imkoniyatiga ega oddiy boshqaruv.

• Ranglarni tuzatish: tasvirni yaxshilash va tuzatish uchun o‘rnatilgan vositalar, shu jumladan yorqinlik, kontrast va to‘yinganlikni sozlash imkoniyatlari.

• Niqoblash va filtrlar: videoda niqoblarni yaratish imkoniyatlari mavjud.

• Ko‘p tilli qo‘llab-quvvatlash: foydalanuvchilar interfeys tilini tanlashlari mumkin, bu esa dasturni butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga qulay qiladi.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

·                Mutlaqo bepul va ochiq boshlang‘ich kodli dastur.

·                Ko‘p formatlarni, jumladan, 4K formatini ko‘tara olish.

·                Qulay va sozlanadigan interfeys.

·                Professional ranglarni tuzatish va filtrlar bilan ishlash imkoniyatlari.

  Kamchiliklari:

·                Interfeys boshlang‘ich foydalanuvchilar uchun murakkab ko‘rinishi mumkin.

·                Pulli muharrirlarda mavjud bo‘lgan ayrim ilg‘or funksiyalarning yo‘qligi.

·                Boshqa professional muharrirlar kabi qiyin loyihalar bilan ishlashda unumdorlik unchalik tez emas.

Kimlarga to‘g‘ri keladi

Yetarlicha keng imkoniyatlarga ega bepul videomuharrir izlayotganlar uchun. U yangi boshlovchilar uchun ham, juda ko‘p ilg‘or vositalarga ehtioyj sezmaydigan tajribali foydalanuvchilar uchun ham, shuningdek, cheklangan byudjet bilan ishlaydiganlarga ham foydali bo‘ladi.

Bepul foydalanish mumkin.

9. LumaFusion

Asosiy vazifalari

Mobil qurilmalarda, ayniqsa iOS uchun video montaj qilishda kuchli ilova.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

• Ko‘p yo‘lli montaj: murakkab montaj operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi bir nechta video yo‘llar bilan ishlashni ko‘taradi.

• 4K ni qo‘llab-quvvatlash: 4K gacha bo‘lgan videolarni tahrirlash imkoniyati.

• Rang korreksiyasi:

• Animatsiya va effektlar: o‘rnatilgan animatsiyalar va maxsus effektlarning ko‘pligi.

• Interfeys: qulay va intuitiv tushunarli, sensorli ekranlar uchun optimallashtirilgan.

Kamchiliklari:

• Faqat iOS asosidagi qurilmalar uchun.

• To‘laqonli desktop muharrirlariga nisbatan imkoniyatlari cheklangan.

• Ilovaning narxi, garchi u ko‘pchilik professional desktop muharrirlaridan arzon bo‘lsa ham.

Kimlarga to‘g‘ri keladi

Mobil videoblogerlar, ijtimoiy tarmoqlarda ishlaydigan yoki yo‘l-yo‘lakay videolarni tahrirlashi kerak bo‘lgan insonlar uchun. Dastur, shuningdek, iPad va iPhone foydalanuvchilari uchun foydalidir, ular shaxsiy kompyuter yoki Mac ishlatmasdan o‘rnatishda kuchli uskunalarga muhtojlik sezadilar.

Obuna narxi: apps.apple.com saytida 29,99 dollardan boshlanadi.

10. KineMaster

Asosiy vazifalari

Android va iOSda mavjud mobil qurilmalar uchun mashhur videomuharrir. O‘zining  tezkorligiga qaramasdan, KineMaster, video montaj qilish uchun keng imkoniyatlarni taklif etadi:

• Ko‘p qatlamli montaj: bir necha qatlamli video, tasvir va matn bilan ishlash imkoniyati.

• 4K ni qo‘llab-quvvatlash: dastur 4K videolarni tahrirlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

• Effektlar va o‘tishlar: loyihaga oson integratsiya qilinadigan animatsiyalar, o‘tishlar, filtrlar va effektlarning o‘rnatilgan kutubxonasi.

• Tovushga ishlov berish asboblarining xilma-xilligi: audiolarni tahrirlash uchun o‘rnatilgan vositalar, shu jumladan musiqa va tovush effektlarini qo‘yish imkoniyati.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

·                Bevosita mobil qurilmalarda video va audiolarni tahrirlashdagi keng imkoniyatlar.

·                Android va iOS uchun mavjud.

·                Ko‘plab o‘rnatilgan effektlar va animatsiyalar.

·                Yuqori aniqlik, jumladan, 4K ni qo‘llab-quvvatlash.

Kamchiliklari:

·                Bepul versiyadagi reklama.

·                Bepul versiyadagi ba’zi funksional cheklovlar (masalan, suv belgisi).

·                To‘liq funksional desktop muharrirlariga nisbatan cheklanganlik.

Obuna narxi: bepul (ayrim funksiyalar pulli).

Kimlarga to‘g‘ri keladi

Ijtimoiy tarmoqlar, YouTube yoki bloglar uchun sifatli videolar yaratishni xohlovchi mobil qurilmalarning foydalanuvchilari uchun. Bu ilova videoni yo‘lda tahrirlashi kerak bo‘lgan kontent yaratuvchilariga qo‘l keladi.

11. HitFilm Express

Asosiy vazifalari

Boshlovchi va tajribali foydalanuvchilar uchun vizual effektlar va 3D grafika bilan ishlash uchun keng imkoniyatlarni taklif qiluvchi kuchli funksiyalarga ega bepul video muharrir.

• Effekt yaratish vositalari: vizual va ovozli effektlarni qo‘shish uchun o‘rnatilgan imkoniyatlar, shu jumladan 3D grafika bilan ishlash.

• Ko‘p yo‘lli montaj: bir nechta video yo‘llar va qatlamlar bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlash.

• 4K qo‘llab-quvvatlash: 4K videolarni tahrirlash imkoniyati.

• Vizual effektlar: xromakey kabi murakkab vizual effektlarni yaratish uchun o‘rnatilgan filtrlar va vositalarning ko‘pligi.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

·                Kuchli imkoniyatlarga ega bepul versiya.

·                3D grafika va maxsus effektlar bilan ishlash vositalari.

·                4K bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlash.

·                Yangi boshlovchilar uchun o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyati.

Kamchiliklari:

·                Barcha funksiyalarni olish uchun qo‘shimcha plaginlar va yangilanishlarni xarid qilish kerak.

·                Funksiyalarning ko‘pligi tufayli yangi kelganlar uchun qiyin bo‘lishi mumkin.

·                Ayniqsa 3D grafika va effektlar bilan ishlashda kompyuterga bo‘lgan yuqori talablar.

Kimlarga to‘g‘ri keladi

HitFilm Express vizual effektlar va 3D grafika bilan video tayyorlash, masalan, reklama videolari yoki musiqiy kliplar yaratish bilan shug‘ullanadiganlar uchun ajoyib yechim. Bu maxsus effektlar va animatsiyalarga e’tibor qaratishni xohlovchi video montajchilarga yaxshi tanlovdir.

Foydalanishning bepul varianti mavjud.

12. OpenShot

Asosiy vazifalari

OpenShot - bu ochiq kodli bepul video muharrir, u boshlovchilar va video montaj ishqibozlari uchun yetarli funksional imkoniyatlarni taqdim etadi.

• Drag-and-drop interfeysi: qulay interfeys bo‘lib, kliplarni vaqt shkalasida osongina ko‘chirish imkonini beradi.

Turli formatlarni qo‘llab-quvvatlash: ko‘p sonli video formatlari, jumladan HD bilan ishlaydi.

• Effektlar va titrlar: dastur titrlar, filtrlar va vizual effektlarni qo‘shish uchun o‘rnatilgan vositalarni o‘z ichiga oladi.

• Bir nechta yo‘llar bilan ishlash: ko‘p yo‘lli montajni qo‘llab-quvvatlash.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

·                Bepul va ochiq kodli.

·                O‘zlashtirishda soddalik.

·                Asosiy montaj uchun effektlar va vositalarning keng tanlovi.

Kamchiliklari:

·                Professional muharrirlarga nisbatan cheklangan funksionallik.

·                Dastur vaqti-vaqti bilan katta loyihalarda ishlaganda uzilishlarni ko‘rsatishi mumkin.

·                Mutaxassislar uchun ayrim ilg‘or funksiyalarning yo‘qligi.

Kimlarga to‘g‘ri keladi

Boshlovchilar va asosiy masalalar uchun bepul yechim izlayotgan video montaj ishqibozlari uchun. Dastur uy videolari, bloglar yoki qisqa metrajli filmlar kabi oddiy videoloyihalarni yaratishda qo‘l keladi.

Qancha turadi: bepul.

 

Videomuharrirni tanlash maqsadlaringiz, tajribangiz va byudjetingizga bog‘liq. Professional montajchi yoki endigina boshlovchi bo‘lishingizdan qat’i nazar, 2024-2025-yillarda ushbu mashhur dasturlar orasidan o‘z ehtiyojlaringiz uchun mosini topishingiz mumkin.