РУ
O’Z
UZS
/
/
Hech qachon modadan chiqmaydigan moda trendlari: har doim zamon bilan hamnafas bo‘ling
19.09.2024

Hech qachon modadan chiqmaydigan moda trendlari: har doim zamon bilan hamnafas bo‘ling

Hech qachon modadan chiqmaydigan moda trendlari: har doim zamon bilan hamnafas bo‘ling
Muallif
Leyla Li

Moda olamida hamma narsa tez o‘zgarib bormoqda, ammo ba’zi trendlar yildan-yilga dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ushbu “timeless” (vaqt o‘tsada o‘zgarmaydigan) garderob elementlari moda trendlarining vaqtinchalik tebranishlaridan qat’i nazar, o‘zlarining jozibador va nafisligini saqlab qolishga qodir. Ushbu maqolada hech qachon modadan chiqmaydigan va har doim zamonaviy ko‘rinishga yordam beradigan moda trendlari haqida gaplashamiz.

Kichkina qora ko‘ylak

rambler.ru

Koko Shanel tufayli mashhur bo‘lgan kichkina qora ko‘ylak nafislik va nafosat timsolidir. 

U har qanday vaziyatga mos keladi – kokteyl bazmlardan tortib rasmiy tadbirlargacha. 

Har safar yangi ko‘rinish yaratish uchun uni turli xil aksessuarlar bilan uyg‘unlashtiring.

Jinsilar

Jinsilar – har qanday garderobning ko‘p qirrali va ajralmas qismidir. Ular kundalik kiyish uchun ham, yanada nazokatli ko‘rinish uchun ham juda mos keladi. Har doim zamonaviy ko‘rinadigan klassik tekis yoki biroz toraygan modellarga e’tibor bering. 

Oq ko‘ylak (rubashka)

victorialunina.com

Toza va saranjom oq ko‘ylak garderobning yana bir har vaziyatga mos keladigan elementidir. U ofis ishi uchun ham, kundalik kiyishga ham mos keladi. Nazokatli va keng ko‘rinish uchun uni shim, yubka hatto, jinsi shimlar bilan kombinatsiyalang.

Trench

Klassik trench palto – bu bahor-kuz mavsumi uchun eng yaxshi ustki kiyimdir. Uning silueti va qaymoq yoki qora kabi universal ranglari uni har qanday vaziyat va kiyimga moslashtiradi. 

Charm kurtka

Charm kurtka uslub va isyon ramzi hisoblanadi. Bu trend har doim ajoyib va dolzarb ko‘rinadi. Bazaviy qora charm kurtka jinsi shim, ko‘ylak va hatto biznes kostyumlari bilan yaxshi moslashib, obrazingizga o‘ziga xoslik qo‘shadi.

Qora “lodochka” tuflilar

static.insales-cdn.com

Klassik qora lodochkalar har bir ayolning garderobida bo‘lishi kerak. Ular kundalik kiyishda ham, kechki chiqishlar uchun ham mos keladi, har qanday kiyimlar bilan osongina uyg‘unlashadi va har doim obrazingizga muhtasham va nafislik qo‘shadi. 

Kashmir sviter

Yumshoq va issiq kashmir sviter qulay va hashamatli uslubning timsolidir. U kundalik va biznes garderobining bir qismi bo‘lishi mumkin va har doim hashamatli va dolzarb ko‘rinadi. 

Klassik kostyum

Mukammal mos keladigan klassik kostyum uslub va ishonchning ramzi hisoblanadi. Ushbu kostyum ish uchrashuvi, maxsus tadbirlar uchun ham mos keladi. Asosiysi – qomatingizni ta’kidlaydigan va kiyinishda qulay modelni tanlang. 

Sharf va ro‘mollar

Zamonaviy sharf va ro‘mollar har qanday ko‘rinishning urg‘usiga aylanishi mumkin. Har doim zamonaviy va hozirgi kunda dolzarb ko‘rinishga ega bo‘lish uchun chiziqli yoki katakchali nashlar va universal rangli klassik sharflarni tanlang. 

Qizil lab bo‘yog‘i

blogscdn.thehut.net

Qizil lab bo‘yog‘i – ayollik va o‘ziga bo‘lgan ishonchning abadiy ramzidir. U obrazingizni butunlay o‘zgartirishi, uni chiroyli va tugallangan holatga keltirishi mumkin. Teringizga ideal ravishda mos keladigan rangni tanlang va obrazingizga urg‘u berish uchun ushbu uncha e’tibor berilmaydigan aksessuardan foydalaning. 

Ushbu “timeless” moda trendlari vaqtinchalik o‘zgarishlardan qat’i nazar, har doim eng zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishga yordam beradi. Bunday narsalarga sarmoya kiritib, garderobingiz uchun yillar davomida xizmat qiladigan va har qanday vaziyatda ham dolzarb bo‘lib qoladigan bazani yaratasiz. Har vaqtda dolzarb bo‘lgan elementlar tufayli doim zamonaviy va hashamatli ko‘rinishga ega bo‘ling!