Hozirda qanday to‘ylar urfda va tashkilotchining qo‘rqinchli tushi qanday ko‘rinishda? Bu haqda Toshkentdagi event-agentligi asoschisi so‘zlab beradi
U shuningdek yosh kelin-kuyovlar va ota-onalarni hayajonga soladigan: bir oyda 500 kishilik to‘yni tashkil qilish mumkinmi yoki yo‘qligi, farzandlar qanday qilib bayramni esda qolarli o‘tkazishlari mumkin va nima sababdan event tashkilotchilari pari emas, balki sehrgar ekanligi xususidagi savollarga ham javob berdi. Bularning bari Action Art Lab event agentligi asoschisi Yuliya Kandatyan bilan suhbatda.
Qahramon kartochkasi
Yuliya – to‘ylar, bolalar bayramlari va ziyofatlarni tashkil etishga ixtisoslashgan Action ART LAB event agentligi asoschisi.
Аgentlik 8 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritadi: ijodiy jamoa Yuliya restoranda art direktor sifatida ishlagan vaqtda yig‘ildi. U yerda Yuliya o‘zining hamkasblari bilan tanishdi va ajoyib hamda albatta kerakli nimadir ish bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Chunki O‘zbekiston go‘yoki katta bayramlar uchun yaratilgandek edi.
Tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘plab so‘rovlardan so‘ng biz event agentligini tashkil etishga jazm qildik. Buni biz kichik va shaxsiy bayramlardan boshladik. Tarkib o‘zgarib turdi, lekin biz rivojlanishda davom etdik. Va bugun biz chinakam eksklyuziv, zamonaviy va keng ko‘lamli loyihalarni yaratmoqdamiz.
Sizni bayram parisi deb atashlari yoqadimi?
Pari – bu aniq men haqimda emas (kuladi), men unga na tashqi ko‘rinishim bilan va na harakatim bilan o‘xshayman. Ammo ko‘pincha bizni sehrgar deyishlarini eshitganman. Ayniqsa bolalar bayramlarida.Aytgancha, men ularni juda yaxshi ko‘raman.
Mukammal bolalar bayramiga kalit – bolaning xayolotidagi narsalar hammaning ham o‘yiga kelavermaydi. Agar ular bilan 5 daqiqadan ortiqroq suhbatlashsangiz, chinakam ertakni orzu qilish mumkin.
Siz hamma narsani bolaning xohishiga qarab bajargan keysga misol keltira olasizmi?
Ha, bir qizaloqning tug‘ilgan kuni esimda qolgan. U rasm chizishni yaxshi ko‘radi va o‘z ijodini hamma do‘stlariga ko‘rsatishni orzu qilgan. Shunda biz uning uchun bayram ko‘rgazmasi tashkil etdik. Bu juda zo‘r bo‘ldi, bunday bayramlar bolalarning ham, ota-onalarning ham xotirasida qoladi.
Event agentlik uchun pul sarflashning nima keragi bor va tashkilotchilarning asosiy vazifasi nimadan iborat?
Byudjetni to‘g‘ri optimallashtirish uchun ham event agentligiga murojaat qilishadi (agar biz katta tadbirlarni oladigan bo‘lsak). Inson o‘z mablag‘larini qanday taqsimlashni bilmaydi, ammo nimagadir tashkilotchilarni ortiqcha dabdaba deb hisoblashadi.
Ammo siz hayran qolasiz: tashkilotchi – bu sizga tejashda yordam beradigan inson. Shunday qilib bu na rasmga va na bayram sifatiga ta’sir qilmaydi. Event menejerning yana bir muhim mahorati bu – odamlarni ortiqcha asabbuzarliklardan xalos qilishidir.
Yosh kelin-kuyovlar to‘yga tayyorgarlikda ayniqsa ota-onalar bilan til topisha olmagan hollarda stressga tushishadi. O‘zbekistondagi hozirgi to‘ylar ota-onalarning orzusidekmi yoki farzandlari xohishiga ko‘ra o‘tyaptimi?
Hamma narsa o‘ziga xos. Biz ko‘pincha yangi turmush qurganlar bilan aloqada bo‘lib turamiz, lekin ota-onalar hamma narsani hal qiladigan to‘ylar ham uchrab turadi. Ijodiy agentlik sifatida biz o‘zimining yangi va noan’anaviy yondashuvlarimiz bilan mashhurmiz, shu sababli bizga yanada rivojlangan va erkin, qandaydir yangiliklarga ochiq bo‘lgan juftliklar kelishadi. Ammo biz mutaxassis sifatida ikkala holatga ham yondashuvni topa olamiz.
Yoshlar katta umidlar bilan kelgan, ammo mablag‘i bu holata to‘g‘ri kelmaydigan holatlar ham bo‘lganmi?
90 foiz tadbirlarda uchraydi. Xayoldagi tasavvur (ayniqsa, kelinning) boshqa, byudjet esa mutlaqo farq qiladi. Va bu yerda kerakli muvozanatni topish, qayta sozlash va tushuntirish juda muhim: shunga o‘xshash, ammo oddiyroq va tejamliroq narsani amalga oshirish mumkin. Masalan, qimmat turuvchi san’atkorni chaqirmasdan, balki tadbirning boshqa qiziqarli tomonini o‘ylab ko‘rish mumkin. Hamma narsani muhokama qilish lozim, ochiq muloqotning o‘zi – muvaffaqiyatdir.
To‘yga tayyorgarlikda nimani tejash mumkin?
Agar haqiqatan ham tejashga to‘g‘ri kelsa, buni bezashdan boshlash mumkin. Kam xarajatli suratga tushish hududini, hatto majburiy hisoblangan joylarda yaratish mumkin. Masalan, tortni olaylik. Ammo hech qachon boshlovchining sifatli ovozini tejash kerak emas.
Tashkilotchining qo‘rqinchli tushi – bu nima?
Boshqarib bo‘lmaydigan vaziyatlar. Ob-havo, texnika bilan bog‘liq narsalar. Ha, bizda har doim zaxirada B rejasi bo‘ladi, lekin aytaylik, san’atkor kelmaydi, qandolatchilik sexida tort ag‘darilib ketadi, texnik nosozlik yuz beradigan shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, unda biz ojizmiz. Va bu asablarni juda ham buzadi.
Katta to‘yni rejalashtirishni qachon boshlagan ma’qul?
Risolada vaqt bu 3-4 oy ichida, ortiq emas. Chunki odamlar butun to‘y voqeasi shakllangan hissiyotlar bilan kelishadi. Va ular hali yangiligida tezroq ishlash, ulardan foydalanish kerak. Agar tayyorgarlik yarim yilga cho‘zilib ketsa, shunday hollar ham bo‘lishi mumkin, lekin bu zo‘riqishga olib keladi.
Bir oy ichida 500 kishilik tadbirni tashkil etish mumkinmi? Pul muammo emas.
Bu ham har doim uyushtiriladi. Ammo mening jamoam rad etishni ham o‘rgandi. Bu biz bunday loyihani tashkil eta olmasligimizdan emas, balki buning uchun boshqa, joriy loyihalarimizni qurbon qilishimizga to‘g‘ri keladi. Uning sifati ham savol ostida qoladi. Texnik jihatdan buni qilsa bo‘ladi.
Alvon gul (Alenkiy svetochek) yoki Stingni olib kelishni so‘rashgan hollar ham bo‘lganmi?
Aynan bu darajada bo‘lgani yo‘q. Albatta, xorijdan san’atkorlarga murojaatlar bo‘ladi, odamlarimiz mashhurlarni ko‘rishni xohlaydi. Ammo bu qo‘shimcha xarajatlarni o‘z ichiga olishini hamma ham tushunavermaydi. Parvoz, mehmonxona, aynan o‘sha rayder. Mablag‘ esa allaqachon tasdiqlangan va uning doirasida qolishni istaymiz.
2024/2025-yillarda qanday to‘ylar urfda?
“Haqiqiy” to‘ylar urfga kirdi. Odamlar ko‘proq his-tuyg‘ularni qadrlay boshladilar, ular o‘zlariga va yaqinlariga quvonch baxsh etishlari kerakligini tushunishdi, keng miqyosdagi bezaklar, interyerlar va boshqalar bilan maqtanishga harakat qilmayaptilar.
Va bunday hissiyotlarga ma’lum bir rejissura yordamida erishish mumkin, qalb torlarini billur qandillar bilan emas, balki musiqa yoki chiroyli matn bilan zabt etish mumkin. Bu yerda gap vaqtni hatto katta to‘ylarda ham xushnud o‘tkazish haqida ketmoqda. Asosiy urg‘u tashqi ko‘rinishga emas, balki yoqimli ta’mga qaratilgan.