/
/
Jinoyat va jazo: so‘nggi yillarning eng zo‘r 20 ta detektiv filmi
22.07.2024

Jinoyat va jazo: so‘nggi yillarning eng zo‘r 20 ta detektiv filmi

Detektiv filmlar – bu “miyani qotirish”ni yaxshi ko‘radiganlar uchun eng sevimli kino janrlaridan biri: jumboqlarni yechish, jinoyatlarni tergov qilish va albatta, jinoyatchilarni hech bo‘lmaganda ekranda fosh qilish ularning joni dili. Biz hoziroq tomosha qilishni boshlashingiz kerak bo‘lgan 21-asrning eng yaxshi detektiv filmlar to‘plamini jamladik: ular sizning mantiqiy fikrlash qobiliyatingizni tekshirishga va shunchaki oqshomni yaxshi o‘tkazishga yordam beradi.  

Jinoyat va jazo: so‘nggi yillarning eng zo‘r 20 ta detektiv filmi

21-asrning eng zo‘r detektiv filmlari: 

Qinidan chiqqan pichoqlar 

Chiqarilgan yili: 2019

Mamlakati: AQSh

Janr: detektiv, komediya, drama, jinoyat

Rejissor: Rayan Jonson

Aktyorlar: Deniel Kreyg, Ana de Armas, Kris Evans, Jeymi Li Kertis, Maykl Shannon

Don Jonson, Toni Kollett, Lakit Stenfild, Kristofer Plammer, Ketrin Lengford

“Kinopoisk”dagi reytingi: 8,1 ball

 Juda shov-shuvli bo‘lgan, va yulduzli aktyorlarni jamlagan eng mashhur detektivlardan biri. Xususiy detektiv (Kreyg) mashhur yozuvchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq ishni yurgizadi. Politsiya buni o‘z joniga qasd qilish deb ataydi, ammo tajribali detektivning his-tuyg‘ulari unga muallifning ko‘plab qarindoshlari, hamshirasi va oilaviy qasrini diqqat bilan ko‘rib chiqishni aytadi.

Qotillik xotiralari 

Chiqarilgan yili: 2003

Mamlakati: Janubiy Koreya

Janr: detektiv, jinoyat, drama, triller

Rejissor: Pon Jun-xo

Aktyorlar: Son Kan-xo, Kim San-gen, Kim Rve-ha, Son Je-ho, Pen Xi-bon, Ko So-xi, Ryu The-xo, Pak No-shik, Pak Xe-il, Chon Mi-son

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,6 ball

“Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Parazitlar” yaratuvchisining detektiv hikoyasi, manyakning  qotilliklaridan aziyat chekayotgan shahar haqida. Film haqiqiy voqealarga asoslangan bo‘lib, uni boshqa filmlardan ajralib turishiga sabab bo‘ladi. Detektiv va uning sodiq yordamchisi qotilni topa oladimi? 

Zodiak 

Chiqarilgan yili: 2007

Mamlakati: AQSh

Janr: triller, detektiv, drama

Rejissor: Devid Fincher

Aktyorlar: Jeyk Gillenhol, Mark Ruffalo, Entoni Edvards, Robert Dauni Jr. , Hloya Sevinyi, Jon Kerol Linch, Brayan Koks, Elias Koteas, Dermot Malruni, Donal Log va boshqalar

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,3 ball 

Noma’lum jinoyatchi AQShdagi bir juft sevishganlarni shavqatsizlarcha o‘ldiradi. Bir muncha vaqt o‘tgach, mahalliy gazetalar tahririyatiga shifrlangan “anonimlar” kela boshlaydi, unda Zodiak ismli qotil, agar uning shaxsiyati sirini o‘z ichiga olgan xabar matni birinchi sahifada e’lon qilinmasa, yana 12 kishini o‘ldirishi bilan tahdid qiladi. Shunda nafaqat politsiya, balki professional jurnalistlar jamoasi ham ishga kirishadi. 

La’natlanganlar oroli 

Chiqarilgan yili: 2009

Mamlakati: AQSh

Janr: triller, detektiv, drama

Rejissyor: Martin Skorseze

Aktyorlar: Leonardo Di Kaprio, Mark Ruffalo, Ben Kingsli, Maks Fon Syudov, Mishel Uilyams, Emili Mortimer, Patrisha Klarkson, Jeki Erl Xeyli, Ted Levin, Jon Kerroll Linch

“Kinopoisk”dagi reytingi: 8,5 ball 

Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi paranoid detektiv. Ikki sud ijrochisi kemaning pastki qismida uchrashib, ruhiy kasalxonadan qochib ketgan bemorning ishini tekshirishni boshlaydi. Ammo detektivlarning hech biri klinikaning “mahalliy aholisi”ning halokatli isyoniga duch kelishi va ko‘p yillik yolg‘onlarni ochishlari kerakligini bilmaydi. 

Qora quti 

Chiqarilgan yili: 2019

Mamlakati: Fransiya

Janr: detektiv, triller

Rejissyor: Yan Gozlan

Aktyorlar: Pyer Nine, Lu de Laaj, Andre Dyussolye, Sebastien Puderu, Olivye Raburden Giyom Marke, Mehdi Jaadi, Enn Azulay, Orellyen Rekuan, Gregori Deranjer

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,6 ball 

Fransuz detektivning noyob eshitish qobiliyatiga ega g‘ayrioddiy tahlili haqida. Yangi samolyotning qulashi yuzlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ladi. Nima bo‘lganini esa, faqatgina iste’dodli Matye bilishi mumkin. Ammo qahramon bu ishga qancha chuqurroq kirsa, u shuncha shubha tug‘diradi.

Sherlok Xolms 

Chiqarilgan yili: 2009

Mamlakatlari: AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstraliya

Janr: detektiv, komediya, triller, jangovar, sarguzasht, drama

Rejissyor: Gay Richi

Aktyorlar: Robert Dauni Jr., Jud Lou, Reychel Makadams, Mark Strong, Eddi Marsan, Robert Meyllet, Jeraldin Jeyms, Kelli Rayli, Uilyam Xyuston, Xans Metison

“Kinopoisk”dagi reytingi: 8,1 ball

Gay Richining tengsiz Jud Lou (Uotson) va Robert Dauni Jr. (Xolms) ishtirokidagi eng zo‘r filmlaridan biri. Dunyodagi eng buyuk detektivi va uning sodiq hamkori, barcha jismoniy va aqliy kuchlarni talab qiladigan jangga kirishadi, chunki ularning dushmani butun Londonni va uning aholisini yo‘q qilishi mumkin. Hamma umid faqat shu duetdan! 

Tafakkur o‘yinlari 

Chiqarilgan yili: 2003

Mamlakati: AQSh

Janr: detektiv

Rejissyor: Adrian Karr

Aktyorlar: Kari Kigen, Jeyms Uaylder, Richard Norton, Jeffri Lyuis, Jo Esteves, Xezer Mari Mersden, Vendi Rekuel Robinson, Elizabet Yarosh, Adam Keyn, Roksanna Bekford

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,9 ball 

Bosh qahramon retrograd amneziyadan aziyat chekadi va boshidan jarohat olguncha, “o‘tmishi”ni eslamay olmaydi. Jarohatdan so‘ng deyarli bir yil o‘tadi, ammo xotirasi bari bir qaytmadi. So‘ngra Karter unga turmush qurganliklarini aytadi, lekin ayol bo‘layotgan ishlarga ishonolmaydi. Axir, u hatto o‘ziga ham ishonmaydi. 

Ajdarho tatuirovkali qiz 

Chiqarilgan yili: 2011

Mamlakatlari: AQSh, Shvetsiya, Norvegiya

Janr: detektiv, triller, drama, jinoyat

Rejissor: Devid Fincher

Aktyorlar: Daniel Kreyg, Runi Mara, Kristofer Plammer, Stellan Skarsgard, Stiven Berkoff, Robin Rayt, Yorik Van Vageningen, Joeli Richardson, Jeraldin Jeyms, Goran Vishnich

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,8 ball 

Detektivlar dahosi – Fincherning bu asari ham yana bir bor filmlar tanlovida. Taxminan 40 yil oldin, bir qiz Vanger klani vakillari tomonidan “boshqariladigan” orolda g‘oyib bo‘ladi. Baxtsiz qizning jasadi topilmadi va amakisi uning o‘lganiga amin. Keyin u, bu ishni g‘alati duet – o‘ziga xos jurnalist va tatuirovkali xaker qizga topshiradi.  

Ko‘rinmas qotil 

Chiqarilgan yili: 2022

Mamlakati: Janubiy Koreya

Janr: detektiv, drama, triller

Rejissor: Cho Yon-son

Aktyorlar: Kim San-gen, Li Son-bin, Yun Gen-Xo, So Yon-Xi, Li Ji-Xun, Chan Gvan, Chan Xek-Chin, Son Yon-Gyu, Song Ben-Suk, Kim Ha-On

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,5 ball 

O‘limga olib keladigan virusning mohiyatini tushunishga harakat qilayotgan va uning tarqalishida aybdorlarni qidirayotgan shifokor haqida juda yangi Janubiy Koreya detektiv filmi. Yuqtirganlar soni ortib bormoqda, o‘lim holatlari esa halokatli darajaga yetmoqda. Shunda shifokor, faqat u buni to‘xtata olishini tushunadi. 

Identifikatsiya 

Chiqarilgan yili: 2003

Mamlakati: AQSh

Janr: detektiv, triller

Rejissor: Jeyms Mengold

Aktyorlar: Jon Kusak, Rey Liotta, Amanda Pit, Jon Xouks, Alfred Molina, Klea Dyuvall, Jon K. Makginli, Uilyam Li Skott, Jeyk Byuzi, Pryuitt Teylor Vins

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,6 ball 

O‘n nafar sayohatchi yomg‘ir tufayli o‘z yo‘llarini to‘xtatishga va yo‘l bo‘yidagi kichik mexmonxonaga qolishga majbur bo‘ladi. Ammo tez orada guruh bu joy boshpanaga o‘xshamasligi va aksincha, bu halokatli tuzoq ekanligini tushunadi. Odamlar o‘lishni boshlaydi, qotil esa to‘xtamoqchi emas. 

Ona

Chiqarilgan yili: 2009

Janr: detektiv, triller, drama, jinoyat

Rejissor: Pon Jun-Xo

Aktyorlar: Kim Xe-Ja, Von Bin, Chin Gu, Yun Je-Mun, Chon Mi-Son, Chxon U-Xi, Mun Xi-Ra, Son Se-Bek, Kim Ben-Sun, Ye Mu-Yon

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,4 ball 

Keksa tabib ayol katta yoshli o‘g‘li bilan yashaydi va atrofdagilarga yordam beradi. Ammo bir kuni shaharda haqiqiy baxtsizlik yuz beradi – maktab o‘quvchisi o‘ldiriladi. Bosh qahramonning o‘g‘li ishda asosiy gumondor hisoblanadi. Ayol uning aybsizligini isbotlash uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilishga to‘g‘ri keladi.

Kollini ishi 

Chiqarilgan yili: 2019

Mamlakati: Germaniya

Janr: detektiv, drama, triller

Rejissor: Marko Kroytspaintner

Aktyorlar: Elias M’barek, Aleksandra Mariya Lara, Xayner Lauterbax, Franko Nero, Manfred Tsapatka, Yannis Nivener, Rayner Bok, Katrin Shtribek, Pia Stutsenshtayn, Peter Prager

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,8 ball 

Ushbu detektiv film keksa italiyalikni himoya qilishni o‘z zimmasiga olgan yosh advokat haqida. Erkak taniqli nemis ishbilarmonini o‘ldirishda ayblanadi, u esa hatto o‘z aybini inkor etishga urinmaydi. Bularning barchasi, jabrlanuvchi va gumonlanuvchining umumiy o‘tmishi bilan bog‘liq bir tafsilotga duch kelganidan keyin, bosh qahramonni tushkunlikka tushiradi. 

Qidiruv 

Chiqarilgan yili: 2018

Mamlakati: AQSh, Rossiya

Janr: detektiv, triller, drama

Rejissyor: Anish Chaganti

Aktyorlar: Jon Cho, Sara Son, Aleks Jeyn Gou, Megan Lyu, Kaya Doun Lau, Mishel La, Jozef Li, Dominik Xoffman, Silviya Minasyan, Melissa Disney

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,5 ball

O‘smir qiz izsiz yo‘qoladi va politsiyachilarga biron bir yordam berish uchun, umidsiz ota uning shaxsiy chegaralarini buzishga qaror qiladi. Erkak qizining kompyuterini buzadi va qizi haqida hech narsa bilmasligini tushunadi. 

Sirli Daryo 

Chiqarilgan yili: 2003

Mamlakatlari: AQSh, Avstraliya

Janr: triller, detektiv, drama, jinoyat

Rejissyor: Klint Istvud

Aktyorlar: Shon Penn, Tim Robbins, Kevin Bekon, Lorens Fishbyorn, Marsha Gey Xarden, Laura Linni, Kevin Chepmen, Tom Gayri, Emmi Rossam, Spenser Trit Klark

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,8 ball 

Bolalikdagi uchta do‘st birgalikda xokkey o‘ynaydi va kriminal Boston ko‘chalarida katta bo‘ladi. Bularning barchasi ular ulg‘ayganda, kattalar hayoti ularni turli yo‘nalishlarda tarbiyalaguncha sodir bo‘ladi. Yillar o‘tib, ular yana to‘qnash keladi, sababi esa fojiali: uch do‘stdan birining qizini shafqatsizlarcha o‘ldirilishi bo‘ladi.  

Yulduzlarda g‘oyib bo‘lgan qiz 

Chiqarilgan yili: 2022

Mamlakati: Xitoy

Janr: detektiv, triller, jinoyat

Rejissyor: Tsuy Juy, Lyu Syan

Aktyorlar: Chju Ilun, Ni Ni, Jenis Man, Du Tszyan, Key Xuan, Chen Mentsi, Skotti Koks, Yu Chentsyun, Men Chjisyuy, Chjan Ivenxan

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,4 ball 

Erkak bir necha hafta davomida to‘y yubileyi paytida orolda g‘oyib bo‘lgan xotinini topa olmaydi. Bir muncha vaqt o‘tgach, qahramonning hayotida notanish ayol paydo bo‘lib, uning rafiqasi ekanligini da’vo qiladi. Endi u hammaga bu ayol yolg‘onchi ekanligi, o‘zi esa ruhiy kasal emasligini isbotlashiga to‘g‘ri keladi. 

Sharqiy ekspressdagi qotillik 

Chiqarilgan yili: 2017

Mamlakatlari: AQSh, Malta, Buyuk Britaniya

Janr: detektiv, jinoyat, drama

Rejissor: Kennet Brana

Aktyorlar: Kennet Brana, Penelopa Krus, Uillem Defo, Judi Dench, Jonni Depp, Josh Ged, Derek Jekobi, Lesli Odom Jr., Mishel Pfayffer, Deyzi Ridli va boshqalar

“Kinopoisk”dagi reyting: 6,9 ball 

Agata Kristining mashhur detevining ekranlashtirilgan filmi Yevropadagi eng hashamatli poezdlardan biridagi sirli qotillik haqida. O‘n uchta gumon qilingan yo‘lovchi, bitta mashhur detektiv va jinoyatchi yangi zarba berguniga qadar yechish kerak bo‘lgan bitta jumboq. 

Havo marshali

Chiqarilgan yili: 2014

Mamlakatlari: Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh, Kanada

Janr: detektiv, triller, jangovar film

Rejissyor: Jaume Kollyet-Serra

Aktyorlar: Liam Nison, Julianna Mur, Skut Makneri, Mishel Dokeri, Neyt Parker, Kori Stoll, Lupita Niongo, Omar Metuolli, Jeyson Batler Xarner, Linas Rouch

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,2 ball 

Liam Nison ishtirokidagi qit’alararo parvoz yo‘lovchilarining xavfsizligini ta’minlaydigan va kutilmaganda terrorchidan xabar oladigan havo marshali haqidagi detektiv triller. Jinoyatchining shafqatsiz o‘yini, qahramonni maxsus xizmatlarning maqsadiga aylantiradi, endi u nafaqat yo‘lovchilar, balki o‘zini ham qutqarishi kerak. 

Betmen 

Chiqarilgan yili: 2022

Mamlakati: AQSh

Janr: detektiv, jinoyat, drama, jangovar film

Rejissor: Mett Rivz

Aktyorlar: Robert Pattinson, Zoe Kravits, Pol Dano, Jeffri Rayt, Jon Turturro, Piter Sarsgaard, Barri Keogan, Jeymi Louson, Endi Serkis, Kolin Farrell

“Kinopoisk”dagi reytingi: 7,1 ball 

Robert Pattinson ishtirokidagi yangi ekranlashtirilgan Betmen hikoyasi. Bryus Ueyn Gotemdagi bir qator shavqatsiz hujumlar aybdorini topishga harakat qiladi, shundan so‘ng u Mushuk-Ayol, uning raqibi pingvin va boshqa “yovuz” bilan uchrashadi. Jinoyat dunyosining tor ko‘chalari qahramonni nishonga aylantiradi, endi u do‘stni dushmandan ajratish va adolatga erishish uchun qo‘lidan kelgan barcha ko‘nikmalarini qo‘llashiga to‘g‘ri keladi. 

Tarjimonlar 

Chiqarilgan yili: 2019

Mamlakatlari: Frantsiya, Belgiya

Janr: detektiv, triller

Rejissyor: Rejis Ruansar

Aktyorlar: Lamber Uilson, Olga Kurilenko, Rikkardo Skamarcho, Sidse Babett Knudsen, Eduardo Noryega, Aleks Louter, Anna Mariya Shturm, Frederik Sho, Mariya Leyte, Manolis Mavromatakis

“Kinopoisk”dagi reytingi: 6,8 ball 

To‘qqizta intellektual tarjimonlar mashhur kitob ustida ishlayotganda, yer osti bunkerida qamalib qoladi. Maxfiy ma’lumotlarning tarqalishini oldini olish uchun ularni izolyatsiya qilishadi, ammo tez orada kimdir nashriyotdan katta to‘lovni talab qilib, romanning boblarini internetda nashr etishni boshlaydi. Bu yerda gap millionlab dollarlar haqida ketmoqda. 

Sirli xonadon 

Chiqarilgan yili: 2017

Mamlakatlar: Buyuk Britaniya, AQSh

Janr: triller, detektiv, drama, jinoyat

Rejissor: Jil Pake-Brenner

Bosh rollarda: Maks Ayrons, Stefani Martini, Glenn Klouz, Onor Nifsi, Kristina Hendriks, Terens Stemp, Julian Sends, Jillian Anderson, Kristian Makkey, Amanda Abbington

“Kinopoisk”dagi reytingi: 6,8 ball 

Agata Kristining ushbu nomli romani asosida suratga olingan yana bir detektiv. Hikoya odobsiz boy oligarxning qiz nabirasi bobosining o‘ldirilishini tergov qilish uchun xususiy tergovchini yollashi bilan boshlanadi. U qarindoshlaridan biri oila boshlig‘ini zaharlagan deb gumon qiladi. Tergovni boshlagan tergovchi – hammada jinoiy omillar borligini tushunadi. Hatto uning ish beruvchisida ham.