верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Kaniza uni haqorat qilgan erkakni sudga berdi (video)
28.11.2024

Kaniza uni haqorat qilgan erkakni sudga berdi (video)

Kaniza uni haqorat qilgan erkakni sudga berdi (video)

Kaniza taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Shahrizoda Ahmedova ijtimoiy tarmoqlarda oʻziga nisbatan haqoratli izoh yozgan erkakni sudga berdi.

Kaniza 28-noyabr kuni sud majlisida tasvirga olingan videoni eʼlon qildi. Ushbu video tezda muhokamalarga sabab boʻldi.

Tasvirlardan koʻrinishicha, sud ishi onlayn tarzda boʻlib oʻtgan. Ayblanuvchi erkak Kogon tumanidan, Kaniza esa Toshkentdan turib sudda qatnashgan.

Xonanda sud davomida oʻzini shu paytgacha haqorat qilganlarning hech birini kechirmasligini, ularning barchasi tegishli jazo olishi kerakligini qayd etilgan.

Ayblanuvchi erkak esa haqoratlarga toʻla izohni oʻzi emas, boshqa birov yozganini aytib, Kanizadan kechirim soʻragan va bu ish qayta takrorlanmasligini aytgan.

Sud taraflarning fikrlarini toʻliq tinglab, hukm chiqargan. Qarorga koʻra, erkak xonandani haqorat qilgan deb topilib, jami 6,8 million soʻm miqdorida jarimaga tortilgan.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.