Kelinlarning makiyajdan oldigi va keyingi holati. Har qanday odamni aqldan ozdiradigan 6 ta misol
Yuzlab kelinlarni baxtli qilgan taniqli alban vizajisti o‘zining sirlari bilan bo‘lishdi. Arber Bitik har bir qizning qalbida haqiqiy malika yashashi va ular filtrlar, retushlarsiz orzudagi kelinchakka aylanishi mumkinligini isbotladi. Albatta, biz unga ishonamiz, axir u o‘z mijozlarini fantastik tarzda o‘zgartiradi. Makiyajdan oldin va keyingi 6 nafar kelinning fotosuratiga qarang – ular har qanday kuyovni aqldan ozdirishi aniq.
“Ochiq” nigoh effektiga ulama kipriklar yordamida erishish mumkin. Ko‘z qovog‘ining pastki qismida yoki ko‘zning burchagida och va yaltiraydigan tenlar ko‘zlarni kattalashtirishga yordam beradi.
“Nyud” makiyaj – nafaqat tabiiy, balki yoshartirib ham ko‘rsatadi. Bunday effektga esa bir nechta vositalar yordamida erishish mumkin: konsiler (ko‘z ostidagi qovoqlarni yashirish uchun), tonal krem (mukammal qoplama va yuz terisini bir xil rang qilish uchun), shuningdek lab bo‘yog‘i va lab qalami.
Bantik-lablar ham vizajistlarning trendli layfhaklaridan biridir. Labingizni kattaroq qilish uchun bir nechta byuti-hiylani amalga oshirish kifoya: avval lablarni skrab yordamida tozalab, so‘ngra balzam bilan namlantiramiz. So‘ng to‘q rangli qalam bilan (konturdan chiqargan holda) chizgach, bir necha ton ochroq rangli lab bo‘yog‘ini surish kerak.
Konturlash va skulpturlash – supermodel Bella Hadid kabi mukammal yonoqlarga ega bo‘lishning eng yaxshi usullari. Burunning o‘rtasini uzun chiziq shaklida ochartiramiz, yonoqlarni rumyana yordamida bo‘rttiramiz, peshonaning soch o‘sadigan joylarini bronzer bilan to‘qlashtiramiz. Qo‘g‘irchoq va ozg‘ingina yuz tayyor!
Vizajist kelinlarni nafaqat ichkaridan, balki tashqaridan ham porlashini taklif qiladi. Bu haylayter yordamida amalga oshiriladi. U teriga yorqinlik baxsh etadi, chiroqlar ostida porlashiga yordam beradi, shuningdek, go‘yo siz to‘y kunidan oldin uyqusiz tunni o‘tkazmasdan, SPA-salondan chiqqaningizdek dam olgan yuz ko‘rinishini beradi.