Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol” ustidan g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi


Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak final bosqichi 4–5-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi.
Dastlabki uchrashuv Braziliyaning “Fluminense” jamoasi hamda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi o‘rtasida kechdi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ushbu bahsda birinchi bo‘lib hisobni braziliyaliklar ochishdi. Martinell 40-daqiqada darvoza to‘rini ishg‘ol qildi. 51-daqiqaga kelib saudiyaliklar safida Markos Leonardo hisobni tenglashtirdi.
70-daqiqada Erkules tomonidan kiritilgan gol “Fluminense”ga muhim g‘alabani taqdim etdi va jamoa yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yarim finalda “Fluminense” va “Chelsi” 8-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da maydonga tushadi.