Koʻrib hayron qolasiz: Hind kinosidagi mashhur aka-uka va opa-singillar


Bollivudda bir oiladan chiqqan mashhurlar juda koʻp. Ayniqsa, opa-singil yoki aka-uka boʻlib, birdek mashhurlikka erishgan aktyor va aktrisalar doim tomoshabinlar eʼtiborida boʻlgan.
Ularning oʻxshash qiyofasi, aktyorlik mahorati hind kinosi olamida alohida qiziqish uygʻotadi. Quyida qarindosh boʻlgan Bollivud yulduzlar haqida maʼlumot beramiz.
Shilpa va Shamita Shetti

Bollivudning mashhur opa-singil aktrisalarining ikkisi ham oʻzining noyob aktyorlik isteʼdodi bilan tanilgan.
Shilpa Shetti 1975-yil 8-iyun kuni Mumbayda tugʻilgan. U faoliyatini 1993-yilda atigi 18 yoshida boshlagan. Debyutidan bir yil oʻtgach, u oʻzining birinchi bosh rolini ijro etgan.
Shetti bir qator hind filmlarida rol oʻynagan va uning aktrisa singlisi ham Shilpa bilan bir necha marta birgalikda ishlagan. U Britaniya realiti-shousida gʻolib boʻlgan. Aktrisalik karyerasidan tashqari, Shilpa xayriya loyihalarini faol qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, u koʻplab nufuzli mukofotlarga sazovor boʻlgan.
Shamita Shetti 1979-yil 2-fevral kuni Mumbayda tugʻilgan. Shilpa Shettining singlisi oʻzining aktyorlik faoliyatini 2000-yilda boshlagan. Aktrisa “Sevgilim toʻyi” filmidagi “Sharara-sharara” ijrosi bilan tanilgan.
Ayushman va Aparshakti Khurana

Bollivudning mashhur aka-uka aktyorlari Ayushman Khurana va Aparshakti Khurana oʻzlarining aktyorlik va musiqa sohasidagi mahorati bilan tanilgan. Ayni vaqtda yosh tomoshabinlar uchun sevimli va ijrosidagi filmlar xit boʻlgan Ayushman oʻz mehnati bilan kino olamida oʻrnini topgan isteʼdod egalaridan hisoblanadi.
Aparshakti koʻproq ikkinchi darajali rollarni oʻynagan. Aktyor, asosan, “Dangal” filmidagi Omkar roli bilan esda qoldi, bu loyihada Amir Xon ham ishtirok etgan.
Ali va Danyal Zafar

Pokiston va Hindiston sanʼat olamida oʻziga xos ovozi va isteʼdodi bilan tanilgan Ali va Danyal Zafar — aka-uka sanʼatkor. Ularning har biri oʻz yoʻnalishida ijod qilib, katta muxlislar eʼtiborini qozongan.
Ali Zafar koʻp qirrali ijodkor: qoʻshiqchi, aktyor, bastakor va hatto rassom sifatida tanilgan. U musiqadagi ilk katta muvaffaqiyatni “Channo” qoʻshigʻi orqali qoʻlga kiritgan. Keyinchalik Bollivud kinolarida rol oʻynab, Hindiston tomoshabinlariga ham yaxshi tanila boshladi.
Uning ukasi Danyal Zafar esa zamonaviy musiqiy uslubi bilan ajralib turadi. U Coke Studio Pakistan orqali ommaga tanildi. Danyalning ijodi asosan pop va R&B yoʻnalishida boʻlib, u yosh avlod orasida mashhurlikka erishgan. Bundan tashqari, u aktyorlik va modellik sohasida ham oʻzini sinab koʻrmoqda.
Anil va Sanjay Kapur

Anil Kapur 1956-yilda Mumbayda tugʻilgan va 1980-yillardan buyon hind kinosining eng sevimli aktyorlaridan biri hisoblanadi. 2005-yildan beri aktyor va prodyuser sifatida 40 yildan ortiq davom etgan karyerasida Kapur 100 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Koʻplab mashhur filmlardagi asosiy rollari uchun tan olingan, u bir nechta mukofotlarga, jumladan, ikkita Milliy Film mukofoti va oltita Filmfare mukofotiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, u mashhur aktrisa Sonam Kapurning otasi sifatida ham tanilgan.
Anil Kapurning akasi Sanjay Kapur shou-biznesdan koʻra biznes olamida faoliyat olib boradi. U turli sohalarda — ayniqsa moda va chakana savdo yoʻnalishlarida muvaffaqiyatli tadbirkor sifatida tanilgan. Avvalroq u mashhur hind aktrisasi Karishma Kapur bilan turmush qurgan boʻlib, bu ularni Hindistonning ikki mashhur kino oilasini bogʻlab turgan juftlikka aylantirgan edi. Hozirda esa ular ajrashgan.
Anupam va Raju Kher

Anupam Kher 1955-yilda Hindistonning Shimla shahrida tugʻilgan. Uning kino olamidagi faoliyati 1980-yillarda boshlangan va bugungi kunga qadar u 200 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan.
Raju Kher Anupamning ukasi boʻlib, u ham sanʼatga mehr qoʻygan aktyor va rejissyor. Raju koʻproq televideniye loyihalari, seriallar va kinolarda ikkinchi darajali rollarni ijro etadi.
Katrina va Izabel Kaif

Izabel opasi Katrinaga oʻz karyerasining boshlarida juda oʻxshash edi, ammo aktrisa plastik operatsiya qildirgandan soʻng biroz oʻzgardi. Yaqinda u Bollivudda debyut qiladi. Uning kino sanoatidagi ustozi Salmon Xon boʻlib, Izabel uchun sanʼat maktabi vazifasini oʻtagan.