Zarina Nizomiddinovaning ochiq uslubdagi kiyimi tanqidlarga sabab bo‘ldi
Aktrisa Zarina Nizomiddinovaning oilaviy hayoti doimiy ravishda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. U e’lon qilgan rasmli post ham muhokamadan chetda qolmadi.
Taniqli aktrisa Zarina Nizomiddinova ayni paytda Rossiya poytaxti Moskva shahrida yashamoqda. U hozirda ikki o‘g‘ilni tarbiyalamoqda.
Ijodkorning Instagram’dagi sahifasida 31-dekabr kuni fotopost e’lon qilindi. Unda Nizomiddinovani qora ustki kiyim va pushti yubkada ko‘rish mumkin.
Bunday noodatiy uslub muxlislar tomonidan turlicha qarshi olindi. Ayrimlar aktrisaga kiyim yarashganini yozsa, boshqalar milliylikdan tashqariga chiqish yaxshi emasligini ta’kidlagan.
Ushbu rasmga shou-biznesning taniqli vakillari ham fikr bildirgan. Jumladan, Nigora Karimova, Kamola Oripova va Davron Kabulov ushbu postga o‘ziga xos izohlar yozib qoldirgan.