Krossovka bog‘ichlarini chiroyli bog‘lash usullari: yevropacha, kapalak yoki chaqmoq usuli
Krossovkalarni bog‘lash oyoqda poyafzalni “ushlab turish” uchun emas, balki o‘ziga xos ifoda usuliga ham aylandi. Krossovkalar bog‘ichini klassikadan tortib kam tanilgan variantlargacha qanday qilib bog‘lash bo‘yicha ma’lumot beramiz.
https://giphy.com/gifs/nba-locker-room-demar-derozan-dANWvtTIuA0V0aClUI
Krossovkalarni bog‘lashning klassik usullari:
Zigzag
Boshidan oxirigacha bog‘ichni bir-birini ustiga kesib o‘tgan tarzda krossovkalarni (va boshqa poyabzallarni) bog‘lashning juda keng tarqalgan usuli. Ushbu usulning afzalligi juda oddiyligi va e’tiborni jalb qilmasligidadir. Bu esa klassik modeldagi keda va krossovkalarga mos keladi.
Zigzag usuli qanday bog‘lanadi:
- Krossovka bog‘ichlarini pastki teshiklardan boshlab, uchlarini ikkala tomondan olib chiqamiz.
- Bog‘ich uchlarini X harfi ko‘rinishida, ichkaridan o‘tkazamiz
- “Jarayonni” eng yuqori teshiklarigacha takrorlaymiz, so‘ngra tugun qilib bog‘laymiz.
Yevropacha
Yana bir mashhur bog‘lash usuli. Garchi u ham “klassik” uslubga kirsa-da, original ko‘rinishga ega.
Yevropacha usul qanday bog‘lanadi:
Bog‘ichlarni pastki teshiklardan boshlab, ichkaridan o‘tkazamiz.
Bog‘ichning o‘ng uchini chap qatordagi yuqori teshikdan chiqarib olib, chap tomonga o'tkazing.
Chap uchni ham qarama-qarshi shu tarzda oxirigacha bog‘lab chiqamiz.
Klassik bog‘lam o‘z ichiga to‘g‘ri yoki tekis bog‘lashni oladi. Bu usulning nomi oddiy bo’lishiga qaramay, uni birinchi martadanoq amalga oshirish biroz qiyin hisoblanadi. Quyidagi surat orqali buni bajarishga urinib ko‘ring.
Krossovkalarni original usulda bog‘lash:
"Arra"
Arra shaklida bog‘lash oson amalga oshiriladi, shuningdek, oldingi variantlardan ko‘ra ancha original ko‘rinishga ega. Uni o‘ng, chap yoki qarama-qarshi tomonga yo‘naltirib, uslubingiz va kayfiyatingizga moslashtirishingiz mumkin.
“Arra” usulini qanday bog‘lash kerak?
- Bo‘glashni tashqi tomondan va pastki teshiklardan boshlaymiz. Chap uchni ichkaridan to‘g‘ri yuqoriga olib chiqing, so‘ng tashqaridan ko‘ndalang o'tkazing
- O‘ng uchini ichki tomondan diagonal ravishda yuqoriga va chapga o‘tkazing, so‘ng tashqi tomondan to‘g‘ri o‘tkazing. Navbatma-navbat o‘tkazishni takrorlang.
- Qolgan uchini ichki tomondan to‘g‘ri yuqoriga olib chiqing va tashqariga o‘ng yuqori teshikdan o‘tkazing.
Kapalak
Bu bog‘lash usuli negadir erkaklar galstugining “kapalak” turiga o‘xshash, nomi ham shundan kelib chiqqan, ammo odatda ayollar krossovkalarini shu usulda bog‘laydi. U juda tez bajariladi va original ko‘rinishga ega, ham juda qulay.
“Kapalak” usulini qanday bog‘lash kerak?
- Bog‘ichlarni past qatordan ikkala uchini ichkariga tiqib, keyingi teshiklardan chiqarib olamiz. Ikkala bog‘ich uchini bir-biriga X tarzda o‘tkazib, keyingi qator teshiklariga ichkaridan chiqaramiz
- Endi shu tarzda kesib o‘tkazishlar bilan yuqorigacha bog‘lab chiqamiz.
Chaqmoq
Chaqmoqli zamokka o‘xshagan ushbu zamonaviy va estetik ko‘rinishga ega bo‘lgan bog‘lash usulini odatda erkaklar ko‘p foydalanadi. Bu usul nafaqat krossovka va kedalar, balki boshqa klassik (mokasinalar kabi) poyabzallar uchun ham mos keladi. Uning afzalliklari aynan erkaklarga mos – kuchli va ishonchli.
Chaqmoq usulini qanday bog‘lash kerak?
- Bog‘ichlarni pastki teshiklardan ichkaridan tashqariga olib chiqamiz.
- Ikkala bog‘ichni ham bir-biriga o‘rab, uchlarini keyingi qarama-qarshi teshiklardan chiqaramiz
- Keyingi qatorlarda ham shu tartibda bir-biriga o‘ragan holda yuqoriga qarab bog‘lab chiqamiz.