РУ
O’Z
UZS
/
/
“Manchester Siti” Abduqodir Husanov transferini eʼlon qildi
20.01.2025 (yangilandi 20.01.2025)

“Manchester Siti” Abduqodir Husanov transferini eʼlon qildi

“Manchester Siti” Abduqodir Husanov transferini eʼlon qildi

APL chempioni oʻzbekistonlik himoyachi bilan 2029-yilgacha shartnoma tuzdi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor.

Avvalroq Manchester klubi 20 yoshli futbolchi uchun “Lans”ga 40 mln yevro toʻlashi xabar qilingandi. Bu qiymat bonuslar hisobiga yana ortishi mumkin.

Shu tariqa Husanov Angliya Premer-ligasida oʻynaydigan birinchi oʻzbek futbolchisiga aylandi. Shuningdek, Abduqodir oʻzbek oʻyinchilari orasida eng qimmat transfer boʻldi. Avvalgi rekordchi 2021-yil “Jenoa”dan “Roma”ga 18 mln yevroga oʻtgan Eldor Shomurodov edi.

Shuningdek, himoyachi “Lans” tarixida ham eng qimmat transferga aylandi. Eʼtiborlisi, Fransiya klubi Husanovni 2023-yil iyul oyida “Energetik-BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgandi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.