1
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Manchester Siti” Vinisius transferi uchun kurashga qo‘shildi
19.07.2025

“Manchester Siti” Vinisius transferi uchun kurashga qo‘shildi

“Manchester Siti” Vinisius transferi uchun kurashga qo‘shildi

Madridning “Real” klubi va hujumchi Vinisius Junior o‘rtasidagi yangi shartnoma muzokaralari hozircha muzlab qolgan. Bu haqda Ispaniyaning Fichajes nashri xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi klub bilan kelishuvni yangilashga shoshilmayapti. U “Real” safidagi eng yuqori maoshli o‘yinchi bo‘lishni xohlamoqda. Biroq klub rahbariyati bu talabga rozi emasligi tufayli muzokaralar vaqtincha to‘xtatilgan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Vinisiusning kelajagi mavhum bo‘lib turgan bir vaqtda, unga da’vogar klublar soni ortib bormoqda. Jumladan, Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi hamda Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi hujumchini saflariga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub unga “Real”dan ko‘ra yaxshiroq moliyaviy shartlarni taklif qilishga tayyor.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi ham Vinisiusga qiziqish bildirgan. Ular futbolchini rekord miqdor — 350 million yevro evaziga sotib olishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Hozircha Vinisius Juniorning qaysi klubda faoliyatini davom ettirishi noma’lumligicha qolmoqda. Biroq unga bo‘lgan qiziqish kuchaygani ushbu transfer bozorining eng muhim mavzularidan biriga aylangan.
 

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.