28.08.2025
Zoi Kravits Garri Stayls bilan uchrashayotgani aytilmoqda


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Zoi Kravits va Garri Stayls Rimda romantik uchrashuv paytida paparatsiya kamerasiga tushib qolishdi.
Zoi oq mini-ko‘ylakda, Garri esa jinsi kurtka va shimda edi. Ikkalasi ham atrofdagilarga e’tibor bermay, bir-birlariga mahliyo bo‘lib qolganday ko‘rinishardi.
Kravitsning yangi sevgi munosabati ehtimoli ijtimoiy tarmoqlarni hayajonga soldi. Yaqinda aktrisa shu hafta jahon kinoteatrlarida namoyish etilayotgan “O‘g‘irlikda qo‘lga tushish” filmidagi hamkasbi Ostin Batler bilan munosabatda bo‘lganlikda gumon qilingandi.

Mashhurlarning o‘zlari, tabiiy ravishda, bu mish-mishlarga hech qanday izoh berishmayapti.