18.08.2025
Munisa Rizayeva metroda kutilmagan konsert berdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Munisa Rizayeva muxlislarini hayratga solib, Toshkent metrosida to‘satdan konsert uyushtirdi.
Ijodkor mashhur “Jonginam” qo‘shig‘ini yurakdan kuylar ekan, atrofiga o‘nlab odamlar to‘plandi. Ular darhol telefonlarini chiqarib, bu holatni suratga va videoga olishga kirishdi.
“Jonginam” qo‘shig‘i allaqachon tinglovchilarga tanish bo‘lishiga qaramay, uning metro devorlarida jonli ijrosi alohida ta’sirli yangradi.
Munisa xuddi katta sahnalardagidek his-hayajon bilan qo‘shiq aytdi, uning sodiq muxlislari esa jo‘r bo‘lib kuylashdi.