“Manchester Yunayted” afsonasi Abduqodir Husanov kelajagi haqida gapirdi


Abduqodir Husanov joriy yilning yanvar oyida “Lans”dan “Manchester Siti”ga oʻtganidan keyin Oʻzbekiston milliy jamoasining eng mashhur futbolchisiga aylandi.
Albatta, buning bir necha sabablari bor. Birinchidan, “Siti” oʻndan ortiq nomdor klublar ov qilgan oʻzbekistonlik futbolchi uchun juda katta mablagʻ — bonuslar bilan birga 50 million yevro sarfladi.
Ikkinchidan, Abduqodir Husanov kutilmaganda Xosep Gvardiola qoʻl ostida asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. 21 yoshli legionerning “Real”, “Liverpul”, “Nyukasl” va “Tottenxem” kabi jamoalarning eng kuchli hujumchilariga qarshi oʻyinlari muxlislar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.
Taniqli ingliz futbolchilari, ekspertlar va murabbiylar oʻzbek futbolchilarining salohiyati va isteʼdodini tez-tez baholay boshladilar.
Endi “Manchester Yunayted” afsonasi Roy Kin Abduqodir Husanov haqida oʻz fikrini bildirdi.
Husanov debyut oʻyinidagi noxush voqealarni unutdi, deb oʻylayman. Bu yerga endigina kelgan futbolchi uchun yangi mamlakatga moslashish, til oʻrganish va yangi jamoadoshlari bilan til topishish oson emas.
Menimcha, Abduqodirda hammasi koʻrinib turibdi.
Bu futbolchining debyuti qiyin kechgani tushunarli, ammo bu vaziyat futbolchi bosib oʻtishi kerak boʻlgan sinov. Husanov yaxshi oʻyinchi va hammasi joyiga tushadi. Unga toʻliq moslashmoq uchun hali vaqt kerak.
Yaqin kelajakda Husanov “Manchester Siti”ning yetakchi futbolchisiga aylanadi, bunga shubham yoʻq, — dedi Roy Kin ITV telekanaliga bergan intervyusida.