1
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi
13.07.2025

“Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

“Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

Madridning “Real” jamoasi hujumchi Vinisius Junior bilan yangi shartnoma tuzish bo‘yicha olib borilgan muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Ispaniyaning mashhur El Chiringuito nashri ma’lumot berdi.

Manbada qayd etilishicha, tomonlar avvalroq yangi kelishuvga kelishgan va bu boradagi shartnomani 2025/26-yilgi mavsum boshlanishidan avval e’lon qilish rejalashtirilgandi. Ammo hozirgi kunga kelib “qirollik klubi” muzokaralarni davom ettirishda shoshilmayapti. Mazkur vaziyatga nima sabab bo‘lgani hozircha ochiqlanmagan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Bu orada Saudiya Arabistonining bir nechta klublari braziliyalik hujumchiga katta qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Unga ko‘ra, Vinisius Osiyoning bir klubidan nihoyatda foydali taklif olgan. Agar u bu taklifga rozi bo‘lsa, kelgusi 5 yil ichida 830 million funt sterling ishlab olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior 2018-yildan buyon “Real Madrid” safida to‘p surmoqda. U jamoa bilan ko‘plab nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan va hozirda “Real”ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.