РУ
O’Z
UZS
/
/
Mashhurlarning eng noodatiy uylari. U yerda Qora Pantera g‘ori ham bor
22.07.2024

Mashhurlarning eng noodatiy uylari. U yerda Qora Pantera g‘ori ham bor

Mashhurlarning eng noodatiy uylari. U yerda Qora Pantera g‘ori ham bor

Hashamatli, o‘ziga xos, bayramona va hatto o‘yinchoqqa o‘xshash: mashhurlarning uylari san’atning alohida shakli, unutilmas diqqatga sazovor joy. Biz sizlar uchun interyeri va atmosferasi bilan maftun etadigan, go‘yo bizdan abadiy qolishimizni “so‘raydigan” yulduzlarning betakror uylarini tanladik.

Vaqtlar kesishgan joy yoki Gvinet Peltrou uyi

Gollivud aktrisasi va muvaffaqiyatli Goop Wellness loyihasining asoschisi Gvinet Peltrou Kaliforniyaning Montesito shahridagi tinch va xilvat uyning baxtli sohibasi.

Fransuzcha derazalar, pol o‘rniga “shaxmat taxtasi”, marmar, vintaj likopchalar va hech qanday organik o‘tlarga ishora yo‘q, zaryadlangan kristallar va ko‘z tegishidan asrovchi spreylar — bularning bari Peltrouga juda yoqadi.

Gvinetning uyi — bu makon va yorug‘likning "makkasi", fransuz interyerining yengilligi va qadimgi italyan uylarining ko‘rinishini o‘zida birlashtiradi. Quyosh batareyalari, kaminlar portali, shuningdek, Kleopatra termalari va “Oq nilufar” seriyasidagi kurortni eslatuvchi SPA alohida e’tiborga loyiqdir.

Kichik Robert Daunining bayramona uyi

Oskar sovrindori hisoblangan aktyor va uning oilasi shamol tegirmonida yashaydi! Xemptonsda (Nyu-York) joylashgan noodatiy uy XIX asr oxirida tematik pavilon sifatida qurilgan, ammo vaqt o‘tishi bilan qo‘shimcha inshootlar qad rostlashi ortidan to‘laqonli uy-joyga aylangan. Uy ekssentrik shaklidan tashqari, boshqa afzalliklari bilan ham maqtana oladi: sokinlik, “afsonaviy” bog‘ va bayram yoki hunarmandlar yarmarkasiga o‘xshash esda qolarli interyer.

Kislota ranglari neytral ranglarni, noodatiy narsalar esa hashamatli buyumlar o‘rnini egallagan. Amaliyot va sog'lom fikr o'rtasidagi qarama-qarshilik aks etganday.

Lenni Kravisning changalzor yoki fazenda chaqirig‘i

Roker maydalashib o‘tirmadi va darhol Braziliya changalzorlarida qolib ketgan qahva plantatsiyasini sotib oldi. Aniqrog‘i, uning hududida joylashgan fazanduni xarid qildi. Keng hududda barbekyu, basseyn, futbol maydoni, fligellar va yulduzni xursand qiladigan hamda mehmonlarni hayratga soladigan boshqa ajoyib narsalardan iborat butun bir qishloq joylashgan. Shuningdek, biz Kravits do‘stlarining devorga yopishtirilgan gulqog‘ozlar o‘rnini egallagan qadimiy freskalari va rasmlarini ham yodga oldik.

Naomi Kempbellning “Qora pantera g'ori”

Supermodel Naomi Kempbellning Keniyadagi mashhur villasi hech bo‘lmaganida Hind okeani qirg‘og‘ida joylashgani uchun har bir insonning orzusidir. Biroq, boshqa narsalar qatorida, “uy” juda ko‘p xususiyatlarga ega: somon va quritilgan palma barglari (makuti), mehxona o'rtasida joylashgan dengiz suvidan hovuz, qo'lda ishlangan mebellar, Afrika san’atining noyob to‘plami va boshqalar. Mulk Keniya va uning aholisining madaniy kodini saqlab qolgan boshqa narsalarni ham o‘z ichiga oladi.

Barbi orzusidagi uy

Dunyodagi eng mashhur qo‘g‘irchoq unchalik real odam bo‘lmasa-da, biz baribir uni tanlovga kiritishga qaror qildik. Bundan tashqari, aktrisa Margo Robbi go‘zallik rolini a’lo darajada uddaladi (u AD Magazine uchun ekskursiya o‘tkazdi), uy esa siz (va biz) ko‘rgan hamma narsadan yaqqol farq qiladi. Ko‘p qavatli oshxona, sehrli shkaf, to‘ppa-to‘g‘ri karavotdan boshlanadigan gorka va pushti villa bu shunchaki fantastikadir. Biz hatto muzlatgichdagi ovqat yassi ekaniga, basseynni suv bilan to‘ldirish “ruxsat etilmaganiga” ko‘z yumishga ham tayyormiz. Axir bu yer Barbilend’ku, bu yerda hamma narsa “bexosdan” boshqariladi-ku.