Matematik jumboq hammani o‘yga soldi, sizchi yecha olasizmi?
Oddiy matematik misol nafaqat bolalarning, balki ota-onalarning ham boshini qotirib, internetda tarqaldi: hamma joyda shov-shuv bo‘lgan va hatto The Sun nashri ham yozib chiqqan misolni yechishga harakat qilishni taklif qilamiz.
“Divanda o‘tirgan” matematiklarning fikrlari bo‘lindi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar bitta qarorga kela olmadi – kimdir yechim 1, kimdir esa 16 ekanini aytdi. Shu bilan bu matematik misol virusli bo‘lib qoldi.
Virusli matematik misoli qanday ko‘rinishga ega?
Bir qarashda, u juda oddiy ko‘rinadi.
Siz ham bu misolning yechimi haqida o‘ylab turganingizda, matematiklar va mutaxassislarning fikrlari bilan o‘rtoqlashamiz.
Amerika matematika jamiyati bilan hamkorlik qiluvchi matematik Mayk Brinning aytishicha, bu misolning ikkita yechimi bor. Ikkalasi ham amallar ketma-ketligiga bog‘liq. Ko‘pchilik misolni bir xil – qavslardagi amal bilan yecha boshlaydi. Ammo keyin kelishmovchilik boshlandi. Shuning uchun, yana bir bor o‘ylab ko‘rib, keyin yechish usulini ko‘rishingizni taklif qilamiz. Vijdonan ishlang!
Matematik misolning yechilishi:
Yechishning birinchi usuli: 4 ni 2 ga ko‘paytiring, 8 bo‘ladi. Keyin 8 ni 8 ga bo‘ling, natija 1 ga teng.
Yechishning ikkinchi usuli: qavslardagi amaldan keyin ko‘paytirish emas, bo‘lish bajariladi. Mana bunday: 8:2 = 4. So‘ng 4 ni 4 ga ko‘paytiramiz va natija 16 bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, misolning bitta aniq to‘g‘ri javobi yo‘q. Shuning uchun, agar siz ham yuqorida yechimlardan biri kabi javob topgan bo‘lsangiz, matematikadan – 5 baho (yoki 10 ball) qo‘yamiz.