верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Mehmonxonadan kosmetikagacha: Munisa Rizayeva qanday bizneslar bilan shug‘ullanadi?
21.05.2025

Mehmonxonadan kosmetikagacha: Munisa Rizayeva qanday bizneslar bilan shug‘ullanadi?

Mehmonxonadan kosmetikagacha: Munisa Rizayeva qanday bizneslar bilan shug‘ullanadi?

Munisa Rizayeva mehmonxona, turfirma, to‘y va tadbirlarni tashkillashtirish xizmati hamda halol kosmetika brendiga ega ko‘p qirrali ayol sanʼatkorlardan biri hisoblanadi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Retro Palace mehmonxonasi xonandaning eng birinchi biznes loyihalaridan hisoblanadi. Munisa Rizayeva Jahongir Latipovga bergan intervyusida Retro Palace mehxonasi haqida ham to‘xtalib o‘tgan edi. Uning aytishicha, ushbu mehmonxonani 2008-yilda otasi qizi uchun qurib bergan. Mehmonxona shahar markazida, xonandaning uyi yaqinida joylashgan bo‘lib 50 ta xonadan va 2 ta katta, 500 kvadrat metrli xonalardan iborat.

Munisa Latipovning mehmonxonadan qancha foyda ko‘rishi haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi: “Mehmonxonani men boshqargan paytlarim oyiga 250 ming dollar foyda keltirar edi, hozir esa 50-60 ming atrofida. Lekin hozirda mehmonxona butunlay dadam nomiga o‘tib ketgan. 2008-yillarda 3 yulduzli mehmonxonalar juda kam edi, Bek set, Ichan qalʼa va mening mehmonxonam bor edi, xolos, hozir esa har qadamda mehmonxonalar bor”, dedi Munisa.

Ritstour nomli turfirmani esa singlisi Karima Rizayeva bilan birgalikda yuritib kelmoqda. Munisa o‘zining muvaffaqiyatli tashkillashtirilgan to‘yidan ilhomlanib Mooniswedding nomli to‘y va tadbirlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullanuvchi firma ochdi. Yaqinda esa Munisa o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Koreya bilan hamkorlikda o‘zining halol kosmetika liniyasiga asos solayotgani bilan bo‘lishdi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.