верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Messining gollaridan biri san’at asariga aylantiriladi
14.05.2025

Messining gollaridan biri san’at asariga aylantiriladi

Messining gollaridan biri san’at asariga aylantiriladi

Argentinalik futbolchi Lionel Messining gollaridan biri xayriya auksionida sotiladigan san’at asariga aylantiradi. Bu haqda Independent xabar berdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi 22-may kuni kiritgan ko‘plab gollaridan qaysi biri unga qadrli ekanini tanlaydi. Shundan so‘ng, u rassom Rafiq Anadol bilan birgalikda tanlangan gol asosida san’at asari yaratadi.

Asar Nyu-Yorkdagi kimoshdi savdosida namoyish etiladi. Namoyishni 11-iyun kuni “Christie's” auksion uyi tashkillashtiradi. Auksion g‘olibi 25-iyul kuni e’lon qilinadi. Sotuvdan tushgan pul xayriya uchun sarflanadi.

“Barcha gollardan faqat bittasini tanlash juda qiyin. Ularning har biri o‘ziga xos, ba’zilari esa haqiqatan ham muhim yoki aql bovar qilmaydigan xotiralarni uyg‘otadi. Ammo bu noyob loyihani amalga oshirish uchun ulardan birini sevimli deb ta’kidlash maqsadga muvofiq. Buning ortida katta maqsad turibdi”, — deya qayd etdi Messi.

Messi tarixdagi eng muvaffaqiyatli futbolchilardan biri hisoblanadi. Hozirda u AQShning “Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi sardoridir.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.