Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Milan” — “Roma” bahsida Shomurodovning ishtiroki qanday baholandi?
06.02.2025

“Milan” — “Roma” bahsida Shomurodovning ishtiroki qanday baholandi?

“Milan” — “Roma” bahsida Shomurodovning ishtiroki qanday baholandi?

Italiya Kubogi chorak final bosqichida “Milan” va “Roma” jamoalari oʻzaro toʻqnash kelib, mezbonlar 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Oʻzbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va birinchi boʻlim davomida toʻliq maydonda harakat qildi. Shu vaqt mobaynida futbolchi raqib darvozasi tomon toʻrtta zarba yoʻlladi.

Ulardan ikkitasi himoyachilar tomonidan toʻxtatildi, birini darvozabon bartaraf etdi, yana biri esa aniq yoʻnalishda amalga oshmadi.

Sofascore platformasi Shomurodovning oʻyinini 6,3 ball bilan baholadi. “Roma” tarkibida eng past baho himoyachi Ndikaga tegishli boʻlib, u 6,1 ballga loyiq koʻrildi. Eldorning hujumdagi sherigi Dibala esa 7,7 ball oldi. 

Dubl qayd etgan “Milan” hujumchisi Abraham va Teo Ernandez 8,2 ball bilan uchrashuvning eng yaxshi futbolchilari sifatida eʼtirof etildi. “Milan” yarim finalda “Inter” va “Latsio” juftligi gʻolibi bilan kuch sinashadi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.