O‘zbekistonda 2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
“O‘zgidromet” 2-noyabr, yakshanba kuni respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.