РУ
O’Z
UZS
/
/
Minimalistlar va Lana Del Reyning muxlislari uchun O‘zbekistondagi ajoyib 7 ta kiyim-kechak brendi
25.06.2024

Minimalistlar va Lana Del Reyning muxlislari uchun O‘zbekistondagi ajoyib 7 ta kiyim-kechak brendi

Minimalistlar va Lana Del Reyning muxlislari uchun O‘zbekistondagi ajoyib 7 ta kiyim-kechak brendi

Moda industriyasi rivojlanishining, ichki va tashqi boyishining, shuningdek, yangi trendlar yaratishining sabablaridan biri uning vakillarining turli geografik joylashuvidir. Iqtidorli va ijodkor, o‘z ishi, mahalliy madaniyatining DNKsi va estetikasi uchun chin dildan qayg‘uradigan dizaynerlar sayyoramizning turli burchaklarida tinmay mehnat qiladi. Ularning ishlari bilan tanishish uchun Parij, Nyu-York, Milan va modaning boshqa “makka”lariga borishning hojati yo‘q. Buning uchun atrofga nazar solish yoki yaqin atrofdagi mamlakatlarga tashrif buyurish kifoya. Bugungi tanlovimizda esa O‘zbekistonning eng yaxshi brendlari saralangan. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ularning har biri haqiqatan ham e’tiboringizga loyiq.

CherryMx

Parij moda haftaligining debutantlari, shuningdek, ham kundalik hayotda, ham bazmlarda kiyish mumkin bo‘lgan avangard kiyimlari asoschisi. Brendning o‘ziga xos nomi uning asoschisi Marjona Sadinovaning Lana Del Rey “Cherry” qo‘shig‘iga bo‘lgan muhabbati bilan bog‘liq. Aytgancha, to‘plamlardan birini yaratishda dizayner qo‘shiqchining ijodi va san’atidan ilhomlangani “Barokko” va “Rokoko” uslublarida yaratilgan kiyimlar, korsetlar va yubklarda aks etgan.

ANOR

Dizayner Dilnoza Umirzoqovaning brend liboslari sharq ertaklaridagi liboslarga o‘xshaydi, ammo shu bilan birga ularda O‘zbekistonning o‘ziga xos uslubi va koloriti saqlangan. Ko‘zni qamashtiradigan liboslar bilan bir qatorda uning kolleksiyasida ajoyib bosh kiyimlar, shuningdek,oltin naqshli choponlar joy olgan. Agar uzoq vaqtdan beri ana shunday “o‘ziga xos” narsani qidirayotgan bo‘lsangiz, ANOR sizga, albatta, yoqadi.

JKim

Dizayner Jenya Kim tomonidan asos solingan bu brend liboslarini hattoki qo‘shiqchi Rozaliya ham sevib kiyadi. Bunga sabab esa, uning kiyimlari madaniyatlarning: bir tomondan, Osiyo mamlakatlarining o‘ziga xos belgilari (xususan, Koreya), ikkinchi tomondan, zamonaviy xususiyatlar bilan boyitilgan o‘zbek kostyumlari bir-biri bilan o‘zaro mukammal uyg’unligidadir. Kelajakdagi moda shunday ko‘rinishga ega – doim urf-odatlarni saqlagan va hurmat qilgan holda zamonaviy va haqiqiy uslub.

Mursak Boutique

Ushbu brendning o‘ziga xosligi – har bir narsaning eksklyuzivligidir, axir ulardagi dizaynning hech biri ikki marta takrorlanmaydi. Mahoratli bichim, ta’sirli detallar, noyob dizayn va ilhomlantiruvchi ko‘rinish. Mursak Boutique mahsulotlariga qarab, nafaqat uning dizaynerlariga, balki brendning kaftani, choponi yoki libosida aks ettirilgan O‘zbekistonga tasanno aytmaslikning hech iloji yo‘q.

Shaydo li

Arxitektor-dizayner Liana Shaido tomonidan yaratilgan brend barcha minimalistlarga, shuningdek, kundalik, bosiq ko‘rinishlarni sevuvchilarga aniq yoqadi. Uning kolleksiyasida zamonaviy katakli rubashkalar, oversayz sviterlar, sport kiyimlari, bazali futbolkalar va boshqa ko‘p narsalarni topasiz.

Omiodio

Agar garderobingizni kundalik kiyadigan, lekin ayni paytda asl narsalar bilan boyitmoqchi bo‘lsangiz, unda bu brend siz uchun. Biz ham o‘zimizga kimono-bomberlar, tortchalar rasmi bo‘lgan yubkalar va “rustik” uslubidagi yozgi to‘plamlarni xarid qilishni niyat qildik. Aytgancha, brendni yaratuvchilar obunachilar bilan jonli muloqot qilishni juda yaxshi ko‘radi va ko‘pincha yangi ko‘rinishlarni yaratishda reelslarni yozib oladi, shuningdek ishlatadigan mato va materiallar haqida aytib beradi. Bu ishlariga, albatta, layk!

LALI

LALI brendi modaga turli o‘zgarishlar kiritishni yoqtiradilar – zamonaviy tendensiyani vintajli joziba bilan mohirona uyg‘unlashtirib o‘ziga xos modani yaratishlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Yorqin ranglar va naqshlar klassik qora shimlar, oq ko‘ylaklar va garderobning asosi bo‘lgan boshqa elementlari bilan yengil birlashtirib qo‘llanilishi mumkin. Bu esa hozirda juda original va zamonaviy ko‘rinadi.